Toshkent hokimi o`rinbosarining Nyu-Yorkka safari soliq to`lovchilarga 70 mln. so`mga tushmoqda

07.01.2023 10:14

Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Durdona Rahimova 12-24 yanvar kunlari AQShning Nyu-York shtatidagi Leyk –Plesid shahriga xizmat safariga ketmoqda. 

Nyu-Yorkning Leyk Plesid shahrida ayni shu kunlari XXXI qishki Universiada o`yinlari bo`lib o`tishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan u ayni shu olimpiadada ishtirok etish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan yuborilmoqda. Durdona Rahimovani AQShning eng go`zal shtatiga Universiadaga yuborish Toshkentlik soliq to`lovchilar uchun qariyb 70 million so`mga (65 981 080) tushmoqda. Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari hisoblanadi. Hokimlik Rahimovaning Universiadadagi ishtirokiga aniqlik kiritmagan. Ammo, musobaqada ishtirok etish uchun, deya 20 evro badal puli ajratilgan.

Toshkent shahar hokimi o`rinbosari Durdona Rahimova 16 kun davomida kuniga 160 AQSh dollarlik mexmonxonada turadi va uning kunlik xarajatlari sutkasiga 45 AQSh dollari ajratilgan.

Soliq to`lovchilar uchun salkam 70 million so`mga tushayotgan Durdona Rahimovaning xizmat safari Toshkent shahri uchun ahamiyatli bo`ladi deb umid qilamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
26
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.01.2023 18:37
30 йил ичида миллионлаб чет эл хизмат сафарларига сарфланган пуллар тахласа бирон сайерагача етар. Ортирилган тажриба, янги билимлар олиб келинганида ривожланган давлатлар таторида будишимиз керак эди. Ватанимизда шунча ночорлар, уйсизлар, ишсизлар булган даврда хизмат сафарларини чеклаш керак!