Saudiya Arabistonida ayollar ilk bor erkak qarindoshi hamrohlik qilmasada Haj ziyoratini ado eta oladi

06.01.2023 10:44

Faqat u ayollar guruhi tarkibida haj ziyoratiga borishi kerak.

Saudiya Arabistonida birinchi marta Hajga  muslima ayol bilan birga bo`lgan mahram – yaqin qarindoshi – erkak hamrohligisiz hujjat topshirishlari mumkin bo`ladi.  Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra (kichik ziyorat) vazirligi rasmiy saytida payshanba kuni chop etilgan xabarda aytiladi, deb xabar berdi TASS.

Saudiya Arabistoni vazirligi joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo`lganlar, jumladan, qirollikda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan saudiyalik ayollar va musulmon ayollarni muddatidan oldin ro`yxatga olish imkoniyatini e`lon qildi. Ro`yxatga olish qoidalariga ko`ra, elektron shaklga hamrohlik qiluvchi shaxs yoki mahram (er, aka, ota yoki o`g`il) qo`shiladi. Shu bilan birga,  bu shaxslarning qo`shilishi ixtiyoriy ekanligi ham qayd etilgan.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari bo`yicha vazir o`rinbosari Abdul Fattoh Mashatning aytishicha, mamlakat rasmiylari «bu yil haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo`lishini talab qilmaslikka» qaror qilgan. 

Ma`lumot uchun, 2023 yilda Hajning asosiy marosimlari iyun oyining so`nggi haftasida bo`lib o`tadi.

O`zbekistonda Haj amallarini bajarayotgan ayollar uchun bu tartib bekor bo`lgan bo`lmagani haqida Musulmonlar idorasi hozircha izoh bergani yo`q. O`tgan yillarda  45 yoshgacha bo`lgan ayollar uchun mahramlari (eri, otasi, o`g`li, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borishi hamda mahram ekanligini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug`ilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etish so`ralgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар