1 yanvardan maksimal pensiya miqdori oshiriladi

01.01.2023 11:03

2023 yilning 1 yanvardan Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Unga ko`ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo`lgan (chin etim) bolalarning boquvchisini yo`qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Shuningdek, Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta`lim muassasalaridagi o`qish hamda harbiy xizmat davri to`g`risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;

davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta`lim muassasalaridagi o`qish hamda harbiy xizmat davri to`g`risidagi hujjatlar Pensiya jamg`armasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma`lumotlar almashinuvi asosida olinadi;

davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар