Yangi yil oldi bozorlar gavjum. Bayram oldi bozorlarda arzonlashtirilgan maxsus yarmarkalar tashkil qilingan.
Bozorlarda yangi yil oldi narxlar avvalgiga qaraganda arzonlashganmi? Aslida yarmarka va bozor ichidagi narxlar holati qanday?
Jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida poytaxtning ko`zga ko`ringan bozorlarida bo`ldik.
Aholi vakillari,
- bozorlardagi narx-navo avvalgiga qaraganda biroz qimmatlashgan;
- bozordagi narxlarni hamma odamlarning ham cho`ntagi ko`taravermaydi;
- arzon narsa uchun bozorni aylanish kerak;
- doimiy ro`zg`or uchun kerak bo`ladigan kartoshka, piyoz, go`shtlar qimmatlashgan;
Bundan tashqari bayram uchun maxsus yarmarkalar ham tashkil qilingan bo`lib, ba`zi bozordagi yarmarkalarda hamma narsani ham topib bo`lmaydi yoki narxlar bozor ichkarisidagi narx bilan deyarli farq qilmaydi. Aslida har bayram oldidan shunday holatlar kuzatiladi. Hatto ba`zi oilalarni yangi yil oldi bozorda narx-navo qimmatlashadi deb 10-15 kun oldin narsalar olib qo`yganining ham guvohi bo`lganmiz.