«Oliy Majlisdagi biror deputatni men eng yaxshi deputat deya olmayman»

30.12.2022 09:34

«Ishonch» gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov Rost24.uz o`tkazayotgan «Yil tanlovi» nominantlari bo`yicha o`z fikrlarini bildirdi.

2022 yilning «Eng namunali hududi»?

- Men hudud rahbarlarini hammasini ham yomon ishladi deyolmayman. Ularni orasida o`z ishi haqida keragicha axborotni etkazib berolmaganlari ko`p. O`tgan yil ham yaxshi hudud sifatida Sirdaryoni aytgan edim. Bu yil ham Sirdaryoni tanlayman. Eng og`ir sharoit bo`lishiga qaramay bu yil ushbu viloyat masalan paxtachilik sohasida ham ancha ilgariladi. Menimcha, ushbu nominasiya bo`yicha G`ofurjon Mirzaevni nomzodini tanlagan bo`lardim.

«2022 yilning «Eng namunali deputati»?

- Menimcha, bugun deputatlar aktual mavzu emas. Bir, ikki deputatlar chiqish qilib turadi. Lekin men aynan mana shu deputat Oliy Majlisdagi eng yaxshi deputat deyishga qiynalaman.

2022 yilning «Eng faol vaziri»?

- Yaxshi ishlagan, eng yuragi og`riydigan vazir, vazirlik Agreppina Shin bo`ladi.

2022 yilda «Yaxshi ishlay olmagan vazirlik»?

-Yaxshi ishlay olmagan vazirlik Xalq ta`lim vazirligi. Yangi vazir kelgandan so`ng biz umid qilgandik yaxshi bo`lishiga ammo bugun eng muammolar ham, e`tirozlar ham ko`p bo`lgan vazirlik shu bo`ladi.

2022 yilning «Media lider» nominasiyasiga munosib nomzod?

- Men aynan bosma nashrda ishlaganim uchun emas. Ammo bosma nashrlarda ham bu nominasiyaga munosib nomzodlar bor. Misol uchun, «Oila va Tabiat» gazetasi bosh muharriri Husniddin Berdievni ham bu nominasiyaga munosib ko`rgan bo`lardim.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
50
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар