Joriy yil O`zbekistondagi tergov hibsxonalarida qancha odam vafot etdi?

28.12.2022 16:18

Qamoqxonalardagi mahbuslar o`limi bog`liq holatlar ijtimoiy tarmoqlarda turli shakllarda tarqamoqda. Xo`sh aslida vaziyat qanday? Qamoqxonalarda ham mahbuslar vafot etadimi? Vafot etsa nima sababdan?

— O`zbekistonda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida qancha odam vafot etdi?

Savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Boshqarma boshlig`i J.Sultonov javob qaytardi... 

— Qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilib, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida joriy yilning o`tgan davri mobaynida 11 nafar, shundan 9 nafari kasalligi tufayli, 1 nafari o`z joniga qasd qilish va 1 nafari jinoyat oqibatida vafot etish holatlari kuzatilgan.

Eslatib o`tamiz, hozirda O`zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida 27 628 nafar mahkum jazo muddatini o`tamoqda.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар