Prezident meni chaqirdi, ammo amaldorlar menga tshsiq bo`lmoqda

28.12.2022 12:50

Xorijiy kompaniya O`zbekistonni biznes tribunalga sudga tortmoqchi?
 

•  O`zbek amaldorlari O`zbekistondagi energetik muammolarga qisman echim berishni istagan investorga to`sqinlik qilishmoqda. Maqsad korrupsiyami? 
•  Nega korrupsiyaga qarshi bo`lgan jahondagi yirik kompaniya O`zbekiston bozoriga kira olmayapti. Nega amaldorlar unga to`sqinlik qilishmoqda?
•  O`zbekistonda Sky power global xorijiy kompaniyasi tinimsiz byurokratik to`siqlarga duch kelganini aytmoqda. 
•  Energetika vazirligi 1.3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi investisiya kiritilishiga qarshilik qilib kelayaptimi?


BBS o`zbek xizmati O`zbekistonga 1.3 mlrd investisiya kiritib, energetik muammolarga qisman echim berishni taklif qilgan Sky power global kompaniyasining Bosh direktori bilan suhbat uyushtirdi.

Suhbatda Sky power global kompaniyasi bosh direktori  Kerri Adler o`zbek amaldorlari Prezident Shavkat Mirziyoev tasdiqlagan loyihani ortga surayotganlarini aytgan.

BBS o`zbek xizmatining yozishicha, Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi 2018 yilda O`zbekistonda quvvati 1000 megavattlik quyosh energiyasi stansiyasini qurishi va O`zbekistonga 1,3 milliard dollar sarmoya kiritishi kelishilgan. Kompaniyaning bosh direktori Kerri Adler 2017 yil sentyabrida Prezident Mirziyoevning BMTga tashrifi doirasida uchrashuvga taklif qilingani va davlat rahbari shaxsan unga O`zbekistonga ikki hafta ichida etib kelishni so`raganini aytadi. Janob Adler bu iltimosga binoan O`zbekistonga borgan va bu safar ortidan boshlangan muzokaralar olti oydan so`ng o`zaro shartnoma imzolanishi bilan yakun topgan. Ammo, loyiha amalga oshmadi. O`zbekiston tarafi esa SkyPower'ga loyiha bu yil 23 dekabrda butkul to`xtatilishini aytib ogohlantirish xatini yuborgan.

Janob Adler suhbatda qator vazirliklar va amaldorlar O`zbekistonda elektr taqchilligi yuz berayotgan vaziyatda bu loyihaga muntazam to`sqinlik qilib kelishayotganini aytadi. Kompaniya, agar shartnoma bekor qilinsa, O`zbekistonni biznes tribunalga tortish niyatida.

Kompaniya direktori avvaldanoq O`zbekiston tarafni pora, korrupsiya bilan ishlamasligini aytib ogohlantirgan. O`zbek amaldorlari Kerri Adlerga korrupsiya taklifini aytmagan. Ular bu kompaniyaga narxlar qimmatligini sabab qilib ko`rsatishgan. Shundan so`ng, SkyPower Global narxlarni 6 sentdan 3.75 sentga tushurgan. Shundan keyin, siz bilan yana bog`lanamiz degan o`zbek amaldori (Investisiya va tashqi savdo vaziri o`rinbosari) qayta kompaniya bilan bog`lanmaganlar. Kerri Adler narxning qimmatligi asosiy sabab bo`lolmasligini aytmoqda. Chunki, O`zbekiston boshqa xorijiy kompaniyalar bilan ham shu kabi narxlarda kelishuvga borgan, deydi. “Tasavvur qiling, men yuz minglab uylarni yoritadigan ming megavatt elektr etkazib beraman deyapman va narxni tushiryapman. Aslida, agar loyihamizga shunchalar to`sqinlik qilishmaganida, hozir O`zbekistonda kamida 300-400 ming xonadonda elektr bo`lardi. Ularda odamlar bolalari bilan sovqotib o`tirishmasdi. O`zimda olti farzandim bor, ularga svet yo`q deb aytish qanday og`irligini tasavvur qilolmayman. Ular axir bu energiya o`ta zarur ekanini bilishardi”, deydi kompaniya rahbari Kerri Adler.

Kerri Adler suhbatda ko`p bora uni shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning o`zi taklif qilganini bildirar ekan, hozirda uning muammolaridan Prezidentning bexabar qolayotganini aytgan.

“Men Prezident Mirziyoev xabardorligiga ishonchim komil emas. U mamlakatda qayg`urishi kerak bo`lgan masalalar juda ko`p. U o`z qo`li ostida ishlayotgan odamlarga tayanadi. Va bu odamlar unga yolg`on ma`lumot etkazsa, u ularga ishonishga majbur. Men sizga shuni aytay, agar bu kontrakt noqonuniy tarzda bekor qilinsa, biz arz qilamiz. Britaniya qonunlariga binoan, shartlarda belgilangan: biz 1,4 milliard dollarga teng kompensasiya talab qilishga haqlimiz. Agar kontraktni bekor qilishga urinishsa, biz ochiq sudda uni muhokama qilamiz”, degan Kerri Adler.

BBSning mazkur suhbati kecha yutub kanali va o`zbek xizmati saytiga joylandi. Hozircha O`zbekiston tarafdan ko`tarilgan masalaga rasmiy javob berilmadi.

To`liq suhbatni quyida tamosha qilishingiz mumkin:
 



 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар