Hukumatda boshqaruv tizimi o`zgaryaptimi?.. 14 kunda 20 dan ziyod rahbar almashtirildi

14.01.2021 11:44

Prezident Shavkat Mirziyoev yil boshidan buyon 14 kun ichida 20 nafardan ortiq rahbarlar almashinuviga imzo chekkan. Rahbar, vazir, hokim o`rinbosari lavozimlariga tayinlangan amaldorlar ichida faqatgina ikki nafar ayol kishi mavjud. Tayinlovlar orasidagi ikki nafar ayol hukumatning yuqori kursilarida emas, Xalq banki rais o`rinbosarligi va tuman hokimligi doirasida.

2021 yil Andijon viloyati tuman hokimligidagi o`zgarishlar bilan boshlandi. Qŭrg`ontepa tumani hokimi lavozimida vaqtinchalik ishlab turgan Ulug`bek Rahimov ŭzining amaldagi xizmat lavozimiga qaĭtarilgan.

Tuman hokimi lavozimini bugunga qadar tuman hokimining qishloq va suv xŭjaligi masalalari bŭĭicha ŭrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelaëtgan Bahromjon Tursunov vaqtinchalik boshqarib borishi belgilangan.

7 yanvar kuni, Xalq banki tarkibida yangi o`zgarish bo`lgan. Gulzoda Rashidova aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining ayollar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2021 yilning ikkinchi haftasida Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonovning 11 yanvardagi qaroriga asosan Dilfuza Azizova tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Yana shu kuni sudyalar Oliy kengashining tegishli qarorlariga muvofiq 9 nafar sud`ya va sud raisi lavozimlarda tayinlovlar amalga oshirilgan.

Yilning uchinchi haftasi Qashqadaryo hokimligidagi o`zgarishlar bilan davom etdi. Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyati hokimi o`rinbosari vazifasiga tayinlandi.

14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko`targan bir nechta tayinlovlar amalga oshirildi. Deputatlar tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi ma`qullanib, tayinlangan.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri lavozimiga esa Sherzod Hidoyatov nomzodi tasdiqlangan.

Yana shu kuni Prezident qarori bilan Davronjon Adilov Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shu jumladan, 4 nafar rahbar 4 yanvar kungi hukumatdagi yig`ilishdan so`ng egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Qishloq xo`jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari Saidkamol Xodjaev boshqa ishga o`tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan. Hamda ushbu vazirlikning fan, ta`lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta`minlash bo`yicha o`rinbosari Botirjon Sulaymonov ham lavozimidan ozod qilingan.

Shuningdek, mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun transport vaziri o`rinbosari Davron Dehqonov Prezident farmoniga asosan lavozimidan ozod qilingan. Undan tashqari uy-joy kommunal xo`jalik vaziri Muzaffar Soliev ham ishda yo`l qo`ygan xato-kamchiliklari, berilgan ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagani uchun lavozimidan ozod qilingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.01.2021 07:22
Ту́ракургон туман сув ху́жалик рахбарини туман хукукшуноси кишлок ху́жалик рахбарини зуддлик Билан алмаштириб керак хакийкий коррупционеров ишлайди.