Korrupsionerlarga qarshi jiddiy kurash boshlandimi? O`zbekistonda korrupsiyaga yo`l qo`ygan amaldorlar uzoq yillarga qamalmoqda

27.12.2022 09:39

Andijon shahar sobiq hokimi Baxrom Xaydarov 10 yilga qamaldi

Oliy sud Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining 2022 yil 26 dekabrdagi hukmiga ko`ra:

Andijon shahar sobiq hokimi Baxrom Xaydarov 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va BHMning 350 baravari, ya`ni 85 750 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi doirasida:

S.Yulchievaga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

K.Asqarovga nisbatan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

F.Mullajanovga nisbatan 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

Sh.Xashimovga nisbatan 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, yana 40 nafar sudlanuvchiga nisbatan sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi bo`yicha 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlandi.

Jinoyat oqibatida davlatga etkazilgan 63 mlrd so`mdan ziyod moddiy zararning 16 mlrd so`mdan ortig`i qoplangan bo`lib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.12.2022 02:28
Ўзи шунақа бўлади- холвани хоким, калтакни етим ейди
27.12.2022 21:35
Xalq pulini joyiga qaytarsin