Oliy Majlis Qonunchilik palatasi byudjet mablag`lari taqsimotini yana boshqatdan, qayta ko`rib chiqadimi?
64 ta vazirlik va idoraga byudjet mablag`i ajratilishi hisob-kitobi qilingachgina ularni qisqartirish haqida hujjat taqdim etildi. Aksincha bo`lishi ham mumkinmidi?
22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 2023 yilgi davlat byudjeti qonunini qabul qildi. 2023 yilda birinchi darajali byudjet taqsimlovchilar (vazirlik va idoralar) soni – 64 ta ko`rsatilgan va ularga milliardlab mablag` ajratilishi kutilmoqda.
23 dekabr kuni mavjud vazirlik va idoralar soni va ichki tarkibi ham qisqarishi aytildi. Ayrim qo`mita, tashkilotlar vazirliklar tarkibiga, huzuriga o`tkazildi. Bunda ularning byudjeti qanday o`zgarishi bo`yicha hozircha axborot berilgan emas.
Qayd etish joizki, 2030 yil kutilayotgan byudjet taqsimotiga ko`ra 64 ta vazirlik va idoralarning har bariga qurilish va jihozlash uchun milliardlab mablag` ajratilgan.
Ajratilgan mablag`larga ishonilsa kelasi yil O`zbekistondagi barcha vazirlik va davlat idoralarida qurilish, jihozlash va rekonstruksiya ishlari olib borilishi lozim. Ularga loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo`yilmalarga milliardlab mablag` ajratilgan.
Endilikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi byudjet mablag`lari taqsimotini qayta ko`rib chiqadimi?
Yangi qayta tashkil etilgan va birlashgan vazirlik, idoralar yillik harajatlari qayta ko`rib chiqib tadim etadimi?
Hozircha mazkur dolzarb savollarga aniqlik kiritilgan emas.