Eng keksa amaldorlardan biri Botir Parpiev 76 yoshini davlat ishxonasida nishonladi

24.12.2022 19:38

O`zbekiston jamiyatida katta va muhim amaldorlardan biri bo`lib tanilgan Botir Parpiev 1946 yil 23 dekabrda Andijon shahrida tug`ilgan.

“76 yoshini ish stolida Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirining maslahatchisi vazifasida nishonladi”, deb yozmoqda Respublika "Nuroniy" jamg`armasi Boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Sharof Ubaydullaev.

Faxriy jurnalistning yozishicha, "...tug`ilgan kunida hammadan va har qachongidan vaqtliroq ishga kelgan Botir Rahmatovich Parpiev hamkasblarining qizg`in tabrigini ish xonasida har qanday dabdabalardan xoli ravishda qabul qildi".

Sobiq Ittifoq davrining so`ngi yillarida Parpiev ilk katta lavozimga o`tadi — 1989 yilda Asaka tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlanadi. 1992 yilda esa viloyat ichki ishlar boshqarmasiga rahbar bo`lib tayinlanadi.

General-leytenant Botir Parpiev 2004 yil 17 fevraldan 2018 yilning may oyiga qadar Davlat soliq qo`mitasi rahbari bo`lib ishlagan. 2002-2004 yillarda Davlat soliq qo`mitasi, 2002 yil iyundan dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri, 1998-2002 yillarda ichki ishlar vazirining o`rinbosari, 1989-1998 yillarda ichki ishlar vazirligida turli rahbar lavozimlarida xizmat qilgan.  

2020 yildan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha o`rinbosari, shuningdek, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri o`rinbosari (vazirlik qayta tashkil etilgunga qadar) lavozimlarida ishlagan.

2022 yil iyun oyidan hukumat qarori bilan Botir Parpiev Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi bo`lib ishlab kelmoqda. Uning lavozimi maqom bo`yicha vazir o`rinbosari darajasiga tenglashtirilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар