Dekabr oyining ilk haftasida Poytaxtda ham energetik taqchillik va bu tizimdagi kamchiliklar jiddiy sezildi. AQShning O`zbekistondagi elchisi va elchixona ham bu muammolardan chet qolmadimi? Umuman olganda AQSh O`zbekistonning energetik muammolariga qanday yordam bera oladi?
«Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova AQShning O`zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan Vashingtonda suhbat qurdi.
Elchi O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik, inson huquqlari va fuqarolik jamiyatni qo`llab-quvvatlash hamda dolzarb muammo bo`lib qolayotgan energetika bo`yicha hamkorlik, yordam haqidagi savollarga javob bergan.
Shuningdek, u prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvi davomida bo`lgan suhbat haqida ham to`xtalib o`tgan:
- Davlat kotibining Markaziy Osiyo bo`yicha muovini lavozimida bo`lganimda Shavkat Mirziyoev bilan Toshkentda bir marta uchrashgan edim. Mana yana muloqot qilish sharafiga muyassar bo`ldim. O`zbekistonni oldindan bilganim va bu erda yashab ko`rganim uchun bugungi vaziyatga to`g`ri baho bera oladigan odamlardan biriman. O`zgarishlarni tahlil qilib, islohotlar jarayoni naqadar qiyin ekanini tushunishim menga osonroq bo`lishi kerak, chunki qiyoslay olaman. Biz siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish haqida gaplashdik. U bizdan islohotlarni quvvatlashda davom etishimizni so`radi. Afg`oniston xususida ham so`zlashdik. Prezident Shavkat Mirziyoev bilan suhbatim qisqa, ammo juda mazmunli kechdi, deydi elchi.