Ortiqxo`jaev qarori bilan Allamjonov otalig`idagi maktabga doska olish uchun salkam bir milliard ajratildi

21.12.2022 18:33

Allamjonov otaliqqa olgan maktabga Ortiqxo`jaev mablag` ajratdi. Allamjonov «otaliqqa oldim», deganda maktabni odatiy byudjet mablag`i evaziga yuqori texnologiya bilan ta`minlashni nazarda tutganmidi?

Toshkent shahar hokimligi 19 dekabr sanasida Olmazor tumanida joylashgan 134-maktabni elektron doskalar bilan ta`minlash uchun 783 million so`m pul ajratgan. Elektron doskalarning narxi internet do`konlaridagi e`lonlarga qaraganda o`rtacha 3 milliondan 10 milliongacha  ekanligini ko`rish mumkin. 

Prezident Administrasiyasi rahbari o`rinbosari Komil Allamjonov shu yilning 26 iyul sanasida 134 maktabni otaliqqa olganini ma`lum qilgan edi. U o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «O`zim o`qigan Qoraqamish-2/4, Tansiqboev 3 massivida 134-maktabni o`z hisobimdan otalig`imga oldim. Bu erni sport maydonlaridan tortib, o`qish sifati, kitoblar va o`qituvchilar malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish bo`yicha aprobasiya maktabiga aylantirmoqchimiz», deya post qoldirgan edi. Allamjonov otaliqqa olgan maktabni davlat byudjeti evaziga yuqori texnologiyalar bilan ta`minlashni nazarda tutganmidi? 

Toshkent shahrida mablag` va ta`mirlanishga muhtoj qator maktablar mavjud bo`lgan bir vaqtda, hokimlik aynan prezident administrasiyasi rahbariyati vakili tomonidan otaliqqa olingan maktabga mablag` ajratdi. Aynan Toshkent shahar hokimligi tomonidan mablag` ajratilishi kechiktirilishi va mablag` etishmasligi tufayli qator maktablarda o`quvchilar ikki smenali ravishda o`qib kelmoqda. Hamda qator maktablar ta`mirlanishga muhtojligicha qolmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар