O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudida 4 ta jinoyat ishi bo`yicha 173 nafar qatag`on qurbonlari oqlandi. Sudda oqlanganlarning barchasi erkak kishi. Bevosita sud jarayonlarida qatnashgan Bahrom Irzaevning fikricha, qatag`on bo`lgan shaxslarning yaqinlari odatda kamdan-kam hollarda qidirishadi. - Bunga sabab balki ta`qibda bo`lganidir, deb aytib o`tdi u.
Sudda oqlanganlar orasida Abdusattor Shukurovning farzandi ham bor. Abdusattor Shukurov 1927 yildan 1931 yilgacha Mirzacho`l rayon sudining raisi bo`lib ishlab yurgan paytida 1931 yil idorasida qo`lga olinib, Toshkent qamoqxonasida bir yil saqlanadi. Keyin 10 yillik konslagerga hukm qilindi.
Qamoqdagilar ham Volgogradga jangga olib ketiladi. 1947 yilda yurtga qaytib keladi. Abdusattor Shukurovning farzandi Aziz Shukurovning aytishicha, urushdan qaytgach unga hech qanday ta`qib bo`lmagan, ammo oqlanganimni ko`rmay vafot etamanmi deb ko`p takrorlaganini aytib o`tdi.
Sud jarayonida oqlanuvchilarning mol-mulki musodara qilinganligi ham aytib o`tildi. Xo`sh, musodara qilingan mol-mulkka da`vo qilinsa u qaytarib beriladimi yoki mol-mulkka nisbatan ma`lum miqdorda kompensasiya ajratiladimi?
Oliy sud raisi o`rinbosarining aytishicha, Qonun mazmuniga ko`ra, reabilitasiya asoslari jinoyat prosessual kodeksi 37-38 moddalarida belgilangan. Agar shu oqlangan shaxslar tirik bo`lsa o`zi, vafot etib ketgan bo`lsa yaqinlari qarindosh ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilgan holda fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga murojaat qilgan taqdirda etkazilgan moddiy zararni (moddiy zararda aniq summa belgilangan bo`lishi kerak), qolaversa ma`naviy zararni ham undirishga davo berish huquqiga ega.
Ma`lumot uchun: Yil boshida ham O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida 120 nafar bosmachilikda ayblangan ajdodlarimiz ishi ko`rib chiqilib, oqlangandi.