Sayt muxbirlari tomonidan “Mahallangizda muammo bormi?” loyihasining navbatdagi soni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidan tayyorlangan edi.
Unda aholi tomonidan bildirilgan mavjud muammolar videolavhada aks etgandi. Baxmal tuman hokimligi bu muammolarga panja ortidan qaramay, barchasini hal etish yuzasidan chora tadbirlar belgilagani haqida rasmiy munosabat bildirdi.
"Rost24" telegram kanalida “Baxmal tumaniga borsangiz yig`lab yuborasiz” nomli video lavhada ko`tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi rasmiy munosabatda.
Baxmal tumanida Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, 3-sektor rahbari, general-mayor G`.T.Qodirov, tuman hokimi M.Anarbaev tomonidan Xalq qabulxonasi bilan tasdiqlangan reja asosida 2 marotaba, mahallabay o`rganish orqali 12 marotaba, tuman sektor rahbari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida 54 marotaba ommaviy sayyor qabul, 43 ta yoshlar bilan uchrashuv, jami 99 ta qabul o`tkazilib, qabullarda 284 ta murojaat qabul qilinib, 223 ta (78%) ijobiy hal etilgan. Misol uchun Fidokor MFYda yashovchi kam ta`minlangan M.Farmonovaga 132 mln. so`m mablag` evaziga uy-joy qurib berilgan. |
Ushbu masala yuzasidan 16.12.2022 yil soat 15:00 da 120 nafar fuqarolar bilan o`tkazilgan yig`ilishda ishtirok etgan fuqarolarning barchasi hokim va deputatni tanishliklarini ma`lum qildi. Ammo Samarqand viloyati, Bulung`ur tumani bilan chegarada joylashgan Baxmal “Payshanba dehqon bozori” MChJga qo`shni hududlardan kelgan fuqarolar hokim va deputatni tanimasligi qayd etildi. |
Barlos QFY, Soylik qishlog`idagi artezian qudug`i yaroqsiz holatga kelib qolganligi, ta`mirlashning imkoni yo`qligi sababli, Soylik qishlog`iga 1 dona yangi artezian qudug`i va 5,0 km ichimlik suvi tarmog`i qurish uchun davlat dasturiga taklif berilganligi, shuningdek, murojaatdagi 2022 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan dasturga asosan 2023 yilda Shodlik MFY, Shodlik qishlog`i va Quduq qishlog`iga 2 dona artezian qudug`i va 5,5 km ichimlik suvi tarmog`i qurilishi rejalashtirilganligi tushuntirilgan. |
Xotin-qizlar ishsizligini ta`minlash borasidagi murojaat yuzasidan sektor hududidagi kasb-hunar maktabi binosida Jizzax “Faralli Textile” MChJ qoshida 200 o`ringa mo`ljallangan tikuvchilik sexi faoliyat yuritayotganligi xozirda 50 nafar xotin-qizlar bandligi ta`minlanib, qo`shimcha 150 o`rinli bo`sh ish o`rinlari mavjud bo`lib, fuqarolarga ishga joylashishi hamda uzoq masofalar uchun transport ajratilishi belgilab olindi. |
Fidokor MFY hududini tabiiy gaz tarmog`iga ulash haqidagi masalasi yuzasidan hududga tumanning tabiiy gaz etib borishi qiyin bo`lgan masofada joylashganligi sababli, suyultirilgan gaz ta`minotiga o`tkazilgan. Hozirgi kunda mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi 1032 ta aholi xonadonlaridan 993 tasi suyultirilgan gaz balloni bilan ta`minlanib kelmoqda. Ajratilgan suyultirilgan gaz fondi va tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan xonadonlarga 30-40 kun oralig`ida etkazib berilmoqda. |
Chegaradosh Samarqand viloyati Bulung`ur tumani hududidan o`tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R 238 avtomabil yo`lining 53-54 km oralig`ida joylashgan ko`prik 12 mlrd so`m mablag` evaziga (zakazchik) mijoz (rahbari D.Isaev tel:94-679-11-31) “Samarqandsuvqurulishinvest” pudratchi “Zarafshon suv qurilish” MChJ tomonidan 6 mlrd so`mlik qurish ishlari amalga oshirilib, 2023 yilning I yarim yilligida ko`prik foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi. |
Barlos QFY “Payshanba dexqon bozori” MChJ hududidan o`tuvchi yo`l chetidan piyodalar yo`lakchasi qurish “Manzilli dastur” asosida ishlar boshlangan. Avtomobillar to`xtash joyi uchun hudud ajratilgan, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda yakunlash arafasida. |
Barlos QFY, Soylik qishlog`iga 1 dona artezian qudug`i va 5,0 km ichimlik suvi tarmog`i qurish uchun davlat dasuriga taklif berilgan. |
Baxmal tumani Nurafshon MFY, Taypoqsoy qishlog`ida yashovchi Mingboeva Nasiba Xamroevna 26.10.2022 yilda boquvchisini yo`qotganligini ma`lum qilib, oilasiga bir martalik moddiy yordam ajratilishi haqidagi murojaati tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 103051-ssq/22 raqam bilan nazoratga olinib, tuman oila va xotin-qizlar bo`limi tomonidan o`rganilib, oilasida 3 nafar fuqaro yashayotganligi mehnatga layoqatliligi aniqlanib, tegishli tartibda tushuntirish olib borilgan hamda 2023 yilda qo`shimcha o`rganilib, mezon talablari asosida “Ayollar daftari”ga kiritish yuzasidan ariza muallifiga tushuntirish berilgan. |