Prezident Administrasiyasi kadrlar siyosatida muhim o`zgarishlar ro`y bermoqda

17.12.2022 12:07

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

Kaxramon Kuchkarovich Kuranbaev 

Kaxramon Kuchkarovich Kuranbaev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Kaxraman Ramatullaevich Sariev

Kaxraman Ramatullaevich Sariev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi;

Umar Sapaevich Ismailov 

Umar Sapaevich Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisining  o`rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Ulug`bek Islomovich Muxammadiev 

Ulug`bek Islomovich Muxammadiev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар