Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda koʻzda tutilgan ayrim masalalar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazir yetti nafar oʻrinbosar va 3 nafar maslahatchiga ega.
Bobojonov Poʻlat Razzaqovich, General-leytenant
1961-yil Xorazmda tugʻilgan. 1982-yildan 1999-yilgacha davlat idoralarida, hususan prokuratura organlari, hokimiyat tizimida faoliyat olib boradi. Keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻtkazilgan. 2000-2011-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lavozimlarida xizmat qilgan.
2011-yilda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, 2012-yilda - Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan.
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentyabrdagi Farmoni bilan P. Bobojonovga “general-leytenant” maxsus unvoni berilgan. Qator davlat mukofotlariga ega.
***
Vazirning birinchi oʻrinbosari - Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi
Sobirov Shuxratjon Urinbayevich, General-mayor.
2020-yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat olib boradi. Tayinlovga qadar Shuhratjon Sobirov Andijon viloyati IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
***
Vazir oʻrinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi
Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich, Polkovnik
U bu lavozimda 2021-yil aprelidan buyon faoliyat olib boradi. Jamoat xavfsizligi departamenti Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini oʻz ichiga oladi.
***
Vazir oʻrinbosari - Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi
Ikramov Azizbek Isroilovich, General-mayor
U bu lavozimda 2021-yilda faoliyat boshlagan. Bunga qadar Ikromov ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlar edi. Azizbek Ikromov 2017-yildan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan, 2019-yil noyabrida esa ichki ishlar vaziri oʻrinbosariga aylangan. Shundan soʻng, u bir muddat Ichki ishlar vazirligida oʻz lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari vazifasini ham bajardi. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Kadrlar bosh boshqarmasi, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini oʻz ichiga oladi.
***
Vazir oʻrinbosari - Tergov departamenti boshligʻi
Abdulxakov Yaxyojon Artikboyevich, Polkovnik
IIV huzuridagi Tergov departamenti va Ekspert-kriminalistika bosh markazi bevosita unga boʻysunadi.
Ish faoliyatini 2000-yilda Margʻilon shahar IIB Tergov boʻlimida tergovchi lavozimidan boshlaan. 2006-yildan buyon ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Vazir oʻrinbosari boʻlishdan avval Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
***
Ichki ishlar vazirning axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari
Turaxodjayev Najmiddin Sadirovich, Polkovnik
Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi uning nazoratida. Bu lavozimda u 2021-yildan buyon ishlab keladi. Ungacha esa, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori edi.
***
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Nishanbayev Saidkarim Abduxokimovich, Polkovnik
U Boshqaruv apparatiga masʼul. 2020-yil martdan buyon ushbu lavozimda ishlaydi. Saidkarim Nishonboyev mazkur tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalroq esa Toshkent viloyat IIB boshligʻi lavozimida ishlagan.
+++
Vazir oʻrinbosari - Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi
Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich, General-mayor
- Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi, Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi, Harbiy tuzilmalarning boshqaruv apparati uning nazoratida. Ushbu lavozimga u 2021-yilda tayinlangan. Tayinlovga qadar B.Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni taʼminlash va harbiy tuzilmalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
***
Shuningdek, vazirning oʻrinbosarga tenglashtirilgan 3 ta maslahatchisi bor:
Ichki ishlar vazirining maslahatchisi
Almatov Zokirjon Almatovich, General-polkovnik
Sobiq vazir, general-polkovnik Zokirjon Almatov 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga maslahatchi boʻlib qaytgandi.
U 1949-yil 10-oktyabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tugʻilgan. 1971-yildan ichki ishlar tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlab keladi. 1991-yil 15-sentyabrda Birinchi prezident Islom Karimov tomonidan ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2006-yil 5-yanvar kuni ishdan olingan.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, IIV Axborot xizmati rahbari
Giyasov Shoxrux Kamalitdinovich, Polkovnik
2019-yilda ushbu lavozimga tayinlangan. Bundan avval matbuot xizmati yoʻnalishida faoliyat olib bormagan. U ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996-yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.
***
Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
Roʻziyev Xurshidbek Xasanovich,Podpolkovnik
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Postda” gazetasi, vazirlikning kadrlar boshqarmasida faoliyat olib borgan.