Yana is gazi: To`rtko`lda 4 kishi shifoxonada, Jizzaxda esa bir yoshli bola qurbon bo`ldi

15.12.2022 11:31

Saytimizda bundan oldin "Is gazidan o`limlar soni oshmoqda. Aybdor esa yana xalqmi?" hamda “Kunlar sovidi, O`zbekistonda "urush" boshlandi — 25 kunda 13 kishi” kabi materiallar e`lon qilingan edi. 

Mazkur xabarlarda qish fasli boshlanishi bilan O`zbekistonda is gazi oqibatida vafot etayotganlar soni ortishi og`iriqli mavzu sifatida ko`tarilgan. Afsuski, yillar o`tsada bu holat kamaymayapti.    

Shu kunlarda is gazi tufayli To`rtko`lda 4 kishi shifoxonaga yotqizilgani, Jizzaxda esa bir yoshli bola qurbon bo`lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Har ikki holat bo`yicha rasmiy xabar berilgani yo`q.

To`rtko`l24nyus telegram kanalida To`rtko`l tumani «Ullibog`» OFYda 4 ta kishi is gazidan zaharlanib, To`rtko`l tumanidagi Bosh shifoxonaga yotqizilgani yozdi.

Shuningdek, Jizzaxda faoliyat olib borayotgan bloger Oybek Alijonov o`z sahifasida yaqinining bir yarim yoshli farzandi is gazi sababli olamdan o`tganini xabar qildi.

Uning yozishicha, kechalari 2-3 soatlab energiya ta`minoti bo`lmagani sababli oila o`tin yoqqan, tutun hididan bolaning nafas olishi qiyinlashgan. Bolalar shifoxonasiga olib borilganda esa zudlik bilan yordam ko`rsatish, kislorod baloniga ulash o`rniga, shifokorlar avvalo rasmiyatchilik ishlari bilan shug`ullangan. 

Shuningdek, bolani ota-onasiga ro`yxat tutqazilgani, barcha narsalar olib kelingandan keyin esa bolani jasadi qaytarilganini yozadi, Alijonov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар