Prezidentga aytilmagan gaplarni aholi rost24 ga aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoev poytaxtning Uchtepa tumanidagi ba`zi mahallalarni aylanib kommunal xizmati, jumladan issiqlik ta`minoti tizimlarini ham ko`zdan kechirgan edi. Tashrif asnosida davlat rahbari fuqarolar bilan suhbatlashdi, suhbatda odamlarning hijolat tortib javob berganiga guvoh bo`lasiz. Aynan shunday holatlar bo`yicha Chilonzorning ba`zi mahallalarida ahvol qanday? Xo`sh, Odamlar kommunal xizmatining sifatidan rozimi?
Rost24.uz sayti Prezidentning Uchtepa tumaniga tashrifidan so`ng, Chilonzor tumanidagi holatlarni o`rgandi. O`rganishlar natijasida aholining fikrlari turlicha bo`ldi. Ular
- Gaz juda past;
- Past gazda qaynatma sho`rvadan boshqa ovqatni qilish qiyin;
- Ovqat qilish uchun yarim kechasi turaman;
- Svet 3-4 kundan beri yo`q;
- Shaharni markazida yashasak ham gaz, svetsiz o`tiribmiz;
- Sovuq tushgandan beri gaz pasligi uchun ovqatni sotib olib eyapmiz;
- Ba`zan 5 soatgacha o`chadi,
-Shaharda yashaymiz, lekin u shaharga o`xshamaydi, degan javoblarni berishdi.
Kommunal xizmatlar, gaz, elektr bo`yicha muammolar faqat qishloqda bor der edik, ammo bugun shahar markazlarida ham shunday holatlarning guvohi bo`lyapmiz.
Videoda ko`ring: