Tanzila Narbaevaning qizining uyiga o`g`ri tushdi — 12 500 dollar mablag` o`g`irlandi

14.12.2022 15:06

O`g`irlik tunda sodir bo`ldi, shu vaqtning o`zida 15 daqiqa ichida ushlanib, 15 daqiqada sud qilinib, hukm o`qildi va qamoqqa olindi

Tanzila Narbaevaning qizining uyida o`g`irlik qilishda gumonlangan ayol tunda qo`lga olinib, 15 daqiqa ichida sudda aybi bo`yniga qo`yilgan. Shu bilan birga ayolga uni echintirib suratini eriga yuborish bilan tahdid qilingani aytiladi.

Ayollar huquqlari himoyachisi hisoblanadigan Senatimiz raisi Tanzila Norboevaning farzandi uyida o`g`rilikda gumon qilingan ayolga echintirish bilan tahdid qilindi.

Amaldor odamning uyiga o`g`rilikka tushmang, deb yozadi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov. Jamiyatga kelib tushgan shikoyat arizasiga ko`ra, shu yilning 2 dekabr kuni fuqaro D.T. Tanzila Norboeva qizining uyidan 12 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni o`g`irlashda ayblangan. U shu xonadonda enaga bo`lgan. Gumonlanuvchini 2 dekabr kuni soat 23.10 da O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi asosida ushlashgan, uni o`g`irlikda ayblashmoqda. Oradan yarim soat ham o`tmay 23.45 da jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiev enagani qamoqqa olishga sanksiya bergan.

Shuningdek, ayolga tergov jarayonida “hozir yalang`och qilib, rasmingni eringa yuboramiz”, degan tahdidlar ham bo`lgan, deyiladi huquq faoli xabarida. 

Ayni damda o`g`rilik sodir bo`lgan uy egasining onasi O`zbekistonda ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan shaxs Tanzila Norboeva hisoblanadi. 

Inson huquqlari jamiyati raisi ayblanuvchiga nisbatan tezkor ravishda sudyaning tunda sanksiya bergani shubhali tuyilgan.

Sudyalar kengashi matbuoti kotibining rost24.uz'ga bildirishi-cha, sudyalar ish soati 09:00 dan 18:00 gacha etib belgilangan. Biroq, sanksiya zarurati tug`ilsa, sudya kechasi ham ish joyiga etib borishi talab etiladi hamda bu jarayon ko`p vaqt olmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
61
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар