Davlat korxonasi qariyb 180 million so`mga Shveysariya soatini olmoqchi

14.12.2022 10:44

Yuqori minbarlarda davlat byudjeti mablag`larini iqtisod qilish haqida gapirilayotgan bir vaqtda amaldorlar xalq pulini «bebiliska» sarflashda davom etishmoqda.

Quyuv mexanika zavodi qariyb 180 million so`mga Shveysariya soatini olishga buyurtma bergani haqida bugun jurnalist Alisher Ro`zioxunov o`z sahifasida yozdi.

«Hukumat rahbari byudjet tashkilotlari va byudjet puliga aloqador korporativ idoralar yangi yil tadbirlarini o`tkazishi taqiqlanishini aytsa ham, sovg`a salom yuborishni taqiqlamaganku. Xo`sh, bunisi bizga qorong`u, ammo Toshkentdagi Quyuv mexanika zavodiga 142 million so`mga 59ta soat, yana 36 million so`mga 7 ta soat nega kerak bo`ldi?

Bu zavodning 100 foiz ulushi O`ztemiryo`lmashta`mir UKga qarashli bo`lib, O`ztemiryo`lmashta`mir UK esa davlat korxonasi. Xalqni pulini nima qilyapsizlar, insof bormi o`zi sizlarda? Odamlar gaz va svetdan aziyat cheksa, ko`chada turnaqator navbatda turib, tirikchilik qilayotganda qoraxalq ustidan kulishmi shu?», deb yozadi jurnalist.

Qiziq tomoni, hech qachon Shveysariyada ishlab chiqarilgan Frenk Myuller brendli soatning 59tasi 142 million bo`lmaydi. Dubayda qalbaki va soxta, omma tilida «lyuks kopiya» deb ataladigani 200 dollar atrofida turadi.
 


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
38
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.12.2022 18:55
Бели огримаганнинг нон ейишини кур. Кийин кийин мехнаткаш халкка кийин булди.