Prezident Shavkat Mirziyoev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yig`ilish o`tkazmoqda.
Davlat rahbari «O`zbekiston havo yo`llari» kompaniyasini isloh qilish kerakligi haqida gapirib o`tdi.
«Uzoq yillar davomida ko`plab sohalar qatorida havo yo`llarimiz bo`yicha ham samarali ishlay olmadik. Endi esa «O`zbekiston havo yo`llari» kompaniyasini ham isloh qilish vaqti keldi. Kompaniya erkin, ochiq va raqobatbardosh bo`lishi kerak», — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoev bugungi kunda kompaniyaning aviaparkida 30 ga yaqin samolyot borligini aytdi.
«Samolyotlar sonini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni arzonlashtirish kerak. Shuningdek, xalqaro yo`nalishlarda ham raqobatbardosh bo`lish lozim. Havo yo`llari xalqimiz kutgandek arzon va xavfsiz aviakompaniya tashkil etiladi», — deydi Shavkat Mirziyoev.