«2022 YILNING ENG FAOL VAZIRI» kim?

10.12.2022 15:17

Har yili jamoatchilik, jurnalist va blogerlar e`tirofi asosida ️«YIL TANLOVI» sarhisobi o`tkazilishi an`anaga aylandi.

Bunda davlat va nodavlat tashkiloti tuzulmalarining yil davomidagi faoliyatini keng xalq ommasi bilan birgalikda jurnalistlar hamda jamoatchilik faollari aniqlaydi va e`lon qiladi.

Bu yilgi “Yil tanlovi — 2022”ning saralash bosqichi ham o`z nihoyasiga etmoqda. Jamoatchilik kimning qanday ishlashiga, faolligiga, o`z bahosini bermoqda. 

Har bir yo`nalishning saralash yakuniy qismlari bilan tanishtirib boramiz. 

Ayni paytda 2022 yilda faol ishlagan, xalqqa eng yaqin bo`lgan, aholining talab va istaklarini amalga oshirishda etakchi bo`lgan, vazirlik faoliyatini rivojlantirgan «2022 YILNING ENG FAOL VAZIRI» nominasiyasida jamoatchilik tomonidan hozircha —

A.Toshqulov (Oliy ta`lim)
B.Musaev (Sog`liqni saqlash)
T.Xudoybergenov (Mahalla)lar jamoatchilik tomonidan eng ko`p e`tibor etilganlar safida bormoqda.

"Hech biri 2022 yilning faol vaziri nomiga munosib emas", yo`nalishida ham ovozlar soni ko`paygan, afsuski aksariyat vazirlik tuzulmalari ana shu yo`nalishdan ham o`zib keta olmagan. Eng quyi o`rinlarni hozircha eng kam ovoz bilan — 

A.Shin (Maktabgacha ta`lim vaziri)
J.Mirzamuhammedov (Energetika vaziri)
A.Voitov (Qishloq xo`jaligi vaziri) band qilib turibdi.

Albatta, so`rovnoma nisbiy bo`lishi mumkin, biroq jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikr mulohazalar berilgan ovozlarning haqqoniy ekanidan darak bermoqda. 

Tanov esa davom etadi. Asosiy g`oliblarni jurnalist va blogerlarning e`tirofi aniqlab beradi. 

 ➡️«YIL TANLOVI – 2022»ni siz aniqlab bering⬅️

➡️Ovoz bering va fikr bildiring ⬅️

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар