Is gazidan o`limlar soni kundan kunga oshib bormoqda. Aybdor esa yana xalqmi?

08.12.2022 11:23

Energetika vaziri tizimdagi muammolarga izohlar berish barobarida is gazi sababli oshib borayotgan o`limlar yuzasidan ham fikr bildirib o`tdi. 

Hududlarda odamlar is gazidan vafot etishyapti. O`limlar sonini kamaytirish uchun choralar ko`rilyaptimi?

Jo`rabek Mirzamahmudov bu savolga javob berar ekan, tizim kamchiliklarni inkor etmagan holda mazkur o`limlar tahlil qilinganda, aksariyat hollarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi yoki e`tiborsizlik sabab bo`layotganini qayd etdi. Bu borada targ`ibot ishlari olib borilyapti deydi, amaldor.

Eslatib o`tamiz, 30 oktyabrdan 25 noyabrgacha 13 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida saytimizda material e`lon qilingan edi. Afsuski bu raqamlar ortishda davom etyapti.  Is gazi qishning birinchi haftasidayoq, 10 kishining, uchta oilaning boshiga etgan.
30 noyabr kuni Kattaqo`rg`onda ota va uning voyaga etmagan farzandi o`z uyida zaharlanib vafot etgan bo`lsa, 4 dekabr kuni Chinozda yosh er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog`i mazkur zahardan halok bo`lishdi.
5 dekabr kuni esa Buxoroda butun oila, ota, ona va ularning 3 nafar voyaga etmagan farzandlari vafot etishgan.

Halok bo`lganlarning 5 nafari hali voyaga etmagan go`daklar.

 
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар