2002 yilda eng yaxshi ishlagan idora qaysi, amaldorchi? kun.uz tahririyati muxbiri Ilyos Safarov Rost24.uz o`tkazayotgan «Yil tanlovi» nominantlari bo`yicha o`z kuzatuvlarini bildirib o`tdi:
«2022 yilning yil odami» kim?
- Bu tanlovlaringizda men uch yildan beri qatnashib kelaman va ovoz bergan odamlarim «Yil odami» bo`lib kelyapti. Bu yil Rost24.uz tarmog`ini ham shu savol qo`yilganda kuzatdim. Kimdir Erkinjon Bozorov yana kimdir Rasul Kusherbaevni aytyapti. Bu tanlovda yil odamini aniqlashda millatga, xalqqa naf keltirayotgan, bilim berayotgan odamni tanlash kerak. Shu ma`noda mana shu yil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning xizmatlari juda katta bo`ldi.
«2022 yilning eng namunali vazirligi»
- Vazirliklarni birma-bir ko`rib chiqdim. To`g`risini aytaman birorta vazirlikning ishidan unaqa qoniqmadim. Ko`rib hammasini tez-tez o`tkazib yubordim. Lekin nisbatan AKT sohasida ozmi ko`pmi xizmat qilayotgan Sherzod Shermatovni ikkilanish bilan aytish mumkin. Nisbatan yangi, qaytib borgan vazirligida ozmi ko`pmi ish qilyapti, deb o`ylayman.
«2022 yilda ishlay olmagan vazirlik»
- Hamma vazirlikda imkoniyat bor. Qo`shtirnoq ichida katta xizmat qilishdi ushbu nominasiyada o`rin olish uchun. Menimcha baribir eng katta rivojlanishni asosi bo`la oladigan, ko`p ish qilishi kerak bo`lgani aslida Xalq ta`limi vazirligi. Lekin mana shu vazirlikka yangi rahbar sifatida kelgan Baxtiyor Saidovni ishidan shaxsan men qoniqmadim. Bunda bir qancha asoslarim bor. Masalan Xalq ta`limi tizimida bu kishi rahbar bo`lib kelishidan oldin boshlangan islohotlar joylarga etib bormadi.
«2022 yilning eng namunali hududi»
- Eng namunali hokim, yo`q birortasiga bermayman
«2022 yilning namunali matbuot kotibi»
- Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovni bu yil qo`ygan bo`lardim.
«2022 yilning media lideri»
- Azon.uz sayti ancha ishlar qilayapti. Faoliyatini hurmat bilan kuzataman. Menimcha ushbu saytni butun jamoasi media lider bo`ldi.
«2022 yilning eng namunali deputati»
- Ko`paysin imkoniyat beraylik Doniyor G`aniev ham ancha ish qildi. Doniyor G`anievning faoliyatiga ham ko`p bosimlar bo`ladi. Shaxsan menga bergan intervyularidan keyin ham juda ko`p bosimlar bo`lganini bilaman. Shu sababli keyingi intervyularga chaqirishda ham muammolar bo`lgan. Ozgina qo`llab-quvvatlaylik Doniyor G`aniev ham bo`la qolsin.