Alisher Qodir nega Toshkent hokimini eng yaxshi hokim deb biladi?

04.12.2022 14:46

Eng yomon va yaxshi vazirlik qaysi? Eng namunali hududchi? 
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi etakchisi Alisher Qodirov  Rost24.uz o`tkazayotgan «Yil tanlovi» nominasiyalari borasida o`z fikrlarini bildirib o`tdi:

Alisher Qodirov nazdida 2022 yilning eng namunali vazirligi qaysi?

- Oliy ta`lim vazirligida juda katta ishlar amalga oshirilyapti. Oliy ta`lim sohasidagi islohotlarni zarurati va mazmuni to`g`ri anglab etildi va to`g`ri yo`lga solina boshlandi. Oliy ta`lim vaziri va vazirlikning olib borilayotgan ishlarini judayam samarali deb hisoblayman.

- «Yaxshi ishlay olmagan vazirlik» qaysi?

- Ko`p vazirliklarda harakat bor. Lekin muammosi ko`p vazirliklar Xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim vazirligini olish mumkin. Bu erda juda ko`p muammolar va ular juda katta mehnatlar bilan bartaraf qilinyapti. Ularni ham ishlamayapti desak nohaqlik bo`ladi.

«2022 yilning eng namunali hududi» qaysi?

- Toshkent shahar hokimligida olib borilayotgan ishlar namunali hamda e`tiborga molik. Shahardagi faqatgina infrastrukturaviy o`zgarishlar emas umuman iqtisodiy siyosat, shaharda olib borilayotgan juda ko`p masalalar Toshkent shahridagi turmush tarzi va iqtisodiy o`sishiga xizmat qilyapti. Toshkent shahri hokimligining olib borilayotgan ishlari samarali va o`z o`rniga ega.

Mana shu bo`yicha aniqroq izoh bera olasizmi chunki Toshkent shahridagi daraxt kesilish hamda noqonuniy er berib yuborish holatlar ko`p e`tirozlarga sabab bo`lyapti....

- Noqonuniy er berish, daraxt kesilish holatlari faqat Toshkent shahrida emas balki butun O`zbekistonda qonunlarga amal qilinishi, mutaxassislarning bilim darajasi bilan bog`liq bo`lgan muammodir. Bu erda daraxt kesilish holatlarini hokimlikni oldiga qo`ygan vazifa sifatida qabul qilmayman. Bu erda xato kamchiliklar albatta bor. Lekin Toshkent shahridek daraxtlarni asrayotgan boshqa viloyatni ham ko`rsatib berolmayman.

Eslatib o`tamiz, «Yil tanlovi» ijtimoiy so`rov hamda jurnalist va blogerlarning e`tirofi asosida «Eng namunali viloyat», «Eng namunali vazirlik», «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti», «Eng namunali tuman», «2022 yilning etakchi partiyasi», «Eng faol deputat», «Yilning media lideri», «Yilning eng namunali matbuot kotibi» hamda yil davomida xalqning ishonchini qozongan tijorat banklari kabi nominasiyalar bo`yicha saralanadi. Shuningdek, «YIL ODAMI» e`lon qilinadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар