Prezidentning yangi maslahatchisi respublikaning katta amaldorlari bilan birga qishloqlarda yotib ishlamoqda

04.12.2022 09:56

Rahbarlarining qishloqlarda yotib ishlashi o`z samarasini beradimi? 

Prezidentning yangi maslahatchisi sobiq Sirdaryo viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev boshchiligidagi vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a`zolari tajriba sifatida tanlangan sharoiti og`ir Oqqo`rg`on tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o`rganish va hal etish bo`yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Respublika ishchi guruhi mas`ullari bevosita chekka hududlardagi qishloqlarda tunab, o`sha erda mahalla faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda ko`p yillik muammolarga echim topishmoqda.

Shu kunga qadar Oqqo`rg`on tumanining 27 ta mahallasida 12 mingdan ziyod xonadon, 350 ta ijtimoiy soha ob`ektlari bevosita joyida o`rganilib, jami 3 315 ta muammo aniqlandi. Ularning 914 tasi joyida hal etildi, 2 401 ta masala bo`yicha hal etish chora-tadbirlari belgilandi. 

Jumladan, uyma-uy yurish natijasida aniqlangan og`ir sharoitdagi, boquvchisini yo`qotgan 46 ta ijtimoiy qiyin ahvoldagi oilaning homiylik asosida ta`mirlash hamda issiqlik ta`minotini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiy ko`rikda turli kasalliklar aniqlangan 754 nafar fuqarodan 100 nafari shifoxonalarga yotqizildi, 654 nafariga malakali mutaxassislar tomonidan ambulator sharoitda davolanish tavsiya etilib, kerakli dori-darmonlar etkazildi. “Suti” mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqaro M.Egamberdievning bosh qismidagi o`smasimon hosilasi shifokorlar guruhi tomonidan yuqori texnologik operasiya o`tkazilishi natijasida to`liq bartaraf etildi. 

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tumannig 43 nafar fuqarosiga 1 mlrd. so`m imtiyozli kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikni yo`lga qo`yish maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan 19 nafar fuqaroga 382,2 mln. so`m kredit berildi.

Moliya vazirligi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha ob`ektlariga – maktabgacha ta`lim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasiga joriy ta`mirlash va zaur uskunalarni xarid qilish uchun qo`shimcha 1,6 mlrd. so`m mablag` ajratildi.

Tumandagi yo`l, kommunikasiya tarmoqlari hamda infratuzilma holatigi alohida e`tibor qaratilmoqda. 

Elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida 133 ta temir beton tayanchlar o`rnatildi. Shundan, “Jag`alboyli” mahallasida 57 ta, “Madaniyat” mahallasida 41 ta, “Xosildor” mahallasida 35 ta tayanchlar yangilandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
14
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар