Shohrux G`iyosovning ma`lum qilishicha, endilikda vazirlik IIB tomonidan o`ldirilgan fuqarolar haqida birinchilardan bo`lib ma`lumot berar ekan.
Afsuski, katta vazirlikning matbuot kotibi tomonidan bu savolga endilikda fuqarolar IIB tomonidan o`ldirilmaydi, degan oddiygina javob berilmadi.
Farg`onadagi o`smir va shu kabi holatlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`ldi. Bunday vaziyatlar nima uchun oxirgi paytlarda ko`p kuzatilyapti? Nega ularning soni e`lon qilinmaydi?
Rost24.uz muxbiri Ichki ishlar vazirligi mutasaddilariga «9 oy ichida qancha IIB xodimi ish jarayonida vafot etgani haqidagi ma`lumotni keltirdingiz. Lekin nima uchundir ana shu vaqt (9 oy ichida) ichida qancha fuqaro kechagi 15 yoshli bola kabi IIB tasarrufida bo`lgan vaqtda vafot etganini ochiqlamagansizlar? Qachon shunday ma`lmuotlar ochiqlanib boriladi», deya savol berdi.
IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov esa “O`lim bilan bog`liq bo`lgan har qanday holatlar ichki ishlar organlarida bo`ladi. Hech bo`lmasa nima sababdan vafot etgani so`raladi. Sog`liqni saqlash vazirligidan bunday holatlarning har biri olinadi. Mana o`sha 15 yoshli boladan keyin ham, «probasiya» xizmatiga chiqqan muqaddam sudlangan shaxs yana vaqtincha saqlash xonasiga qaytarilgan, sababi u qonuniy tartibda belgilangan talablarni bajarmagan. Qaytib kelgandan keyin o`zining kamerasida yuragi yomon bo`lib vafot etgan.
Buni o`sha erdagilar ham ko`rgan. Lekin biz o`zimizning xatoyimizni tushunib, tezgina jamoatchilikka xabar bermaganimizda edi. Ayrim jamoatchilik vakillari tomonidan bu narsa yana suiis`temol qilinardi. Bunday keyin ichki ishlar organlarining binosida yoki ular bilan bog`liq bo`lgan holatni birinchi manba sifatida e`lon qilishni o`zimiz uchun rejalashtirdik”, deb javob berdi.