Milliardlar va imtiyozlar — Kasaba amaldorlari hukumatga yaqin bo`lgani uchun berilyaptimi?

30.11.2022 20:48

Rost24.uz'ning achchiq va ochiq savollari:
 

— Qudratilla Rafiqov boshchiligidagi tashkilotga buncha imtiyozlar va mablag`lar nega berilmoqda?

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi a`zolarning huquqlari himoyasi uchun hech qayg`urganmi?   

Bilamizki, federasiya rahbarining o`rinbosarlari oxirgi yillarda shiddat bilan ko`payib bordi. Xo`sh, ular nimalar bilan band? 

Bolalar oromgohlari haqidagi Prezident qaroriga asosan yana milliardlab mablag`lar ajratilmoqda, umuman bolalar oromgohlari bitta qo`lda birlashtirilishidan qanday ma`no bor?

— 5 milliondan ortiq a`zosi uyushma uchun o`z maoshining 1 foizini to`laydi. Xo`sh, bu mablag`lar qaerga ishlatilmoqda? Nega ma`lumotlar ochiqlanmaydi?

Shu vaqtgacha nega O`zbekiston kasaba uyushmalari paxta terishga majburlangan bolalar yoki shifokor, o`qituvchilarning huquqlarini himoya qilganini eshitmaganmiz. Buni qanday izohlaysiz?

— Kasaba uyushmalari federasiyasi tasarrufidagi sanatoriylarda hali hamon ittifoq davridan qolgan jihozlar ishlatilayotgani rostmi?

— 65 ta bolalar oromgohi federasiyaga “og`irlik” qilmaydimi?

Rost24.uz nashri shu kabi savollar bilan chiqqan edi. Bugun ularga    O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi raisi o`rinbosari Anvarjon Abdumuxtorov bilan javob berdi.

Anvarjon Abdumuxtorovning fikricha, 1998 yilda O`zbekistonda 429 ta sasionar bolalar oromgohlari bo`lgan. Ayni damda ular soni 204 ta qolgan. Vazirlik va turli qo`mitalar o`z balansida bo`lgan bolalar oromgohlarini sotib yuborgan. Oromgohlarni sotib olgan aksariyat tadbirkorlar ularning xizmat ko`rsatish shaklini o`zgartirgan. Ya`ni bolalar oromgohi tadbirkorlar uchun daromadli tarmoq bo`lmagani sababli, so`lim oromgohlar o`rnini turli tadbirkorlik ob`ektlari – kottejlar, choyxona va boshqa obektlar egallagan. Kasaba uyushmalari bugun ana shu saqlanib qolgan 65 ta bolalar oromgohini qayta jonlantirmoqchi. Buning uchun uyushma tarkibida maxsus jamg`arma ochilib unga byudjetdan milliardlar yo`naltirilishi ko`zlanmoqda. 

Uyushma faoliyati nafaqat oromgoh va sanatoriyalar bilan bog`liq. Balki, kasaba uyushmalarini biz yana qator masalalarga mas`ul hisoblanadi. Yana kasaba uyushmasining yangi tashkil etilgan Akademiyasi va unga yo`naltirilgan mablag`lar haqida nimalarni bilamiz? Quyidagi suhbatda bu haqida to`liq tanishish mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар