O`zbekistonda kadrlarni kimlar tanlaydi?

30.11.2022 10:11

Davlatning yuqori organlari amaldorlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Prezident administrasiyasida O`zbekistonning davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarida kadrlar boshqaruvi hamda inson resurslarini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan shaxslar kim?

O`zbekiston Respublikasi prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimi hozirda vakant. Ushbu lavozimda bundan avval Umar Ismoilov va hozirda Davlat soliq qo`mitasi rahbari bo`lgan Sherzod Kudbievlar faoliyat olib borgan.  Hozircha uning vazifasi birinchi o`rinbosar tomonidan muvofiqlashtirib turilibdi.

KURANBAEV Kaxramon Kuchkarovich — O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari

Bungacha u «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha prorektori bo`lgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori, Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi rahbari O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o`rinbosari, lavozimlarida ishlagan.

                           ***

ISMAILOV Umar Sapaevich - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari


Uzoq yillar Davlat xavfsizlik xizmatida faoliyat olib   borgan. General mayor. 2003 -2006 yillarda kadrlar masalasi bo`yicha prezident maslahatchisi o`rinbosari bo`lgan. Kudbievgacha u O`zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari bo`yicha Davlat maslahatchisi lavozimini egallab kelgan. Turli yillarda  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mudofaa masalalari bo`yicha maslahatchisi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, Oliy Majlisning deputati kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.  

                              ***

d962d33f513654cc4f6123c3b05a3071.jpg

RAXMANKULOV Mir-Akbar Hojiakbarovich —  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari

Yuridik fanlar doktori,  professor, hozirda 70 yoshda. Sobiq Ittifoq davrida Davlat plan komiteti (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiyot institutida kichik ilmiy xodimdan katta ilmiy xodimga qadar ishlagan. O`zbekiston Komsomoli Markaziy Qo`mitasining talaba yoshlar bilan ishlash bo`limida faoliyat olib borgan. Mustaqillikdan keyin turli yillarda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi - O`zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar bo`yicha prorektori kabi lavozimlarda ishlagan.

Avvalroq prezident adminstrasiyasida lavozimlar soni ortayotgani haqida ma`lumot berilgan edi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар