Yangi universitetda o`qib ta`limni Koreyada davom ettirishini istaysizmi?

29.11.2022 09:44

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida o`qiganlar Koreyada o`qishni davom ettirishi mumkin

Poytaxtimizning qoq markazida joylashgan yangi oliy ta`lim muassasasi Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qabul davom etmoqda.

Universitet o`z oldiga ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llagan holda, mamlakatimizdagi etakchi oliy ta`lim muassasalari bilan raqobatlashishni maqsad qilgan.

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi hisoblangan Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan lisenziya berilgan va diplomi davlat oliy ta`lim muassasalari qatori O`zbekistonda va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

Universitet lisenziyasi

Mazkur oliy ta`lim muassasasiga quyidagi yo`nalishlar bo`yicha qabul davom etmoqda:

Yo`nalishlar bo`yicha kontrakt narxlari

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti va Koreyaning Kangvon universiteti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo`lib, unga ko`ra kompyuter texnologiyalari, arxitektura, koreys tili kabi yo`nalishlar talabalari 3 yil O`zbekistonda ta`lim olib, 4 yildan tahsillarini Janubiy Koreyada davom ettirishlari mumkin.

 

Universitetda ta`lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi.

Shu bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 noyabrdagi 527-sonli hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-son qaroriga ko`ra, universitetga qabul qilinib, to`lov shartnomasini to`lashga qiynalayotgan talabalar mamlakatimizdagi 12 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilayotgan ta`lim kreditidan foydalanishlari mumkin.

Kreditlar bank tomonidan 14 foizlik stavka bo`yicha ajratiladi. Shuningdek, xotin-qizlar ushbu kreditlarni imtiyozli asosda foizsiz olishlari mumkin. Kreditlar o`qish muddati tugagandan so`ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Hujjatlar qabuli:

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko`chasi, 6-uy – lokasiya

Telefon: +998 78 113 29-99

Veb-sayt: tift.uz

Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

Murojaatlar uchun bot: @tiftuzbot

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram

Instagram

Facebook

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар