O`zbekistonda ham Covid-19 infeksiyasiga qarshi vaksina yaratilmoqda. rost24.uz axborot sayti ishonchli manbalariga ko`ra, O`zbekistonda ham koronavirusga qarshi emdori yaratilish jarayoni boshlangan.
Vaksina ustidagi ishlar yakuniga etmaguncha rasmiy manbalar bu xabar tafsilotlarini ochiqlashni istamadi. Ammo, Er yuzida 1.3 milliondan ortiq odamning o`limiga sababchi bo`lgan virusga qarshi emdori tayyorlash borasida O`zbekiston olimlari ham ish olib borayotgani xaqiqat.
Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston tomonidan yaratilayotgan ushbu vaksina O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi hamkorligida yaratilmoqda.
AQSh, Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi birinchi bo`lib vaksina ishlab chiqarish bo`yicha “poyga”ga kirishgan edi. Xozirgi kunda turli davlatlarda yangi vaksinani ko`ngillilarda sinash jarayoni boshlangan.
2020 yil 5 dekabr sanasida Rossiya davlati koronavirusga qarshi ommaviy emlash jarayoni boshlanganini ma`lum qilgan. Italiya davlatida emlash jarayoni joriy yilning yanvar oyida boshlanib, yoz oylarigacha davom etishi aytilmoqda. Shuningdek, Evropaning boshqa ko`pgina davlatlarida ham Covid-19 virusiga qarshi emlash sinovlari boshlangan.