Xalq bankidan kartalarini bepul oching

28.11.2022 11:35

Xalq bankidan kartalarini bepul oching hamda Rossiyadan kelgan pul o`tkazmalarini hech qanday komissiyalarsiz bank kartangizga qabul qiling!

Xalq banki joriy yilning 31 dekabriga qadar jismoniy shaxslarga «Humo» va «Uzcard» bank kartalarini bepul ochib berish aksiyasini e`lon qiladi.

«Humo» va «Uzcard» bank kartalari orqali, Siz kommunal to`lovlar, kartadan-kartaga pul o`tkazish va boshqa to`lovlarni bir zumda amalga oshirishingiz mumkin.

Shuningdek, Rossiyadan yuboriladigan pul o`tkazmalarini onlayn tarzda to`g`ridan-to`g`ri Xalq bankining kartalariga qabul qilishingiz mumkin.
Buning uchun pul yuboruvchining smartfonida «SberBank Onlayn» mobil ilovasi o`rnatilgan, pul qabul qiluvchining bank kartasi esa «SMS-xabarnoma» xizmatiga ulangan bo`lishi lozim.

Ushbu xizmat yordamida:
▪️ bankka borishingizga hojat yo`q - transport xarajatlari va vaqtingizni tejaysiz;
▪️ pul olish uchun navbat kutib vaqt yo`qotmaysiz;
▪️ pullarni faqat bank ish vaqtida emas, balki kunning istalgan vaqtida (24/7) qabul qila olasiz; 
▪️ pul mablag`lari qabul qiluvchining telefon raqamiga biriktirilgan Xalq bankining «Humo» yoki «Uzcard» bank kartasiga to`g`ridan-to`g`ri o`tkaziladi.

Bank kartalarini Xalq bankining istalgan filialida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Reklama

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.11.2022 20:34
Карта олиш Бепулми?