Odamlarning deputatlar haqidagi fikrlari
Deputat deganda ko`pchilikning ko`z oldida “Saylovgacha va`da berib, saylovdan so`ng ko`rinmay qoladigan “va`dabozlar” gavdalanadi.
Aslida vaziyat aksi bo`lishi kerak emasmi? 2019 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari soni 120 tadan 150 taga oshirilgan edi. Balki endi ishlash tizimi o`zgarib, deputatlar faoliyati ko`zga tashlanar.
Xo`sh, bugun deputatlar xalq orasiga kirib borganmi? Aholi bugun qanchalik deputatlarni taniydi? Jamotchilik fikrini o`rgandik. Ularning ko`p qismi:
- Deputatlar tez-tez almashadi
- Tanimayman, nima ish qiladi ular
- Faoliyati ko`zga tashlangani yo`q
- Faqat televizorda ko`ramiz, o`zini ko`rsatmaydi
- Qiziqmayman, deputatlar nima qilib beradi?
- Rasul Kusherboevni taniyman, qolganini nima qilaman
- Deputatlarga ishonmayman
- Mustaqil fikri yo`q
- Xalqni o`rtasiga kirib bormagan kabi fikrlarni aytishdi.
Ijobiy javob olganlarimiz esa Rasul Kusherbaev faoliyatini bilishini, boshqalardan ham shunday faollik bo`lishi kerakligini aytib o`tishdi. Deputatlar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri ishchi dasturda belgilangan tartibda o`z saylovchilarining muammolarini o`rganib, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda yordam berishdan iborat. Ammo jamoatchilik fikridan xulosa qilsak aholi o`zi saylagan deputatlarni tanimayapti. Deputatlar ko`rinish berib tursa foydadan holi bo`lmas edi.