Fransiyada O`zbekiston rasmiylari qanday kutib olindi? Kamoliddin Rabbimov barcha tushunmovchiliklarga javob qaytardi

23.11.2022 11:49

Parijga etib kelgan O`zbekiston delegasiyasini Fransiya davlat prezidenti Emanuel Makron kutib olmadi. Bu esa jamoatchilikda turli savollarni tug`dirdi. Ko`pgina tashriflarda imzolangan hujjatlar soni va shartnoma summasidan tashqari batafsil tahliliy axborot berilmagani kabi, bu safar ham ommada qiziqish uyg`otgan ayrim savollar ochiq qoldi.

Aslida tashrif bilan bog`liq turli gap-so`zlar va tushunmovchiliklarga jurnalistlar, delegasiya guruhida borgan Prezident Administrasiyasi axborot xizmati mutasaddilari jamoatchilikka avvaldan tushuntirish berishlari kerak edi. Ammo bizda bu tizim hamon oqsoqlanishda davom etmoqda.

30 yildan beri Fransiya va O`zbekiston munosabatlarini Amir Temurning tarixiy xati bilan boshlagan tahlilchi jurnalistlar gohida tashrifdagi oddiy savollarni ochiq qoldiradi. Balki, bu tashriflarni yoritishda, turli yondoshuv va qarashlarning etishmasligi bilan bog`liqdir.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiyada qanday qarshilanishi va tashrifning ikkinchi kunigina prezident Makron bilan uchrashuvi haqida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga javob qaytardi:

«Fransiyada Prezident tomonidan Elisey saroyida qabul qilish marosimining shakllangan standarti bor. Bundan to`rt yil oldin ham, xuddi shunday kutib olingan. Yoki Fransiya uchun o`ta muhim bo`lgan boshqa davlat rahbarlarini ham huddi shunday kutib olishadi. E`tibor bergan bo`lsangiz, Qatar amiri ham xuddi shunday kutib olingan. Va yoki boshqa davlat rahbarlarini ham shunday qabul qilishadi. Qiyoslash uchun, keyingi 4 yilda Mirziyoev ikki marta Eliseyda qabul qilinayapti. Putin esa, bir marta Fransiyaga taklif qilindi, unda ham Eliseyda emas, balki Versalda - norasmiyroq ko`rinishda qabul qilindi.

Haqiqatda, bizda kutib olishni oshirib yuborishadi. Amerikada ham, Evropada ham aeroportda kutib olishga deyarli hech kim chiqmaydi va chiqmasligini "haqorat" deb talqin qilinmaydi. Asosiysi - taklif qilayapti, so`zlashayapti, muloqot va hamkorlik bo`layapti... 

Putin hali Ukrainaga urush boshlashidan oldin uni yoqtirishmas edi. Misol, 1999 yil dekabrda hokimiyatga kelgan Putin bir marta ham Vashingtonga taklif qilinmagan. O`rganib ko`rishingiz mumkin. Lekin boshqa shaharlariga borganmi-yo`qmi, bilmayman...

Endi, "Nega Mirziyoevni Makron bugun qabul qilayapti?" degan savol bo`yicha — bu protokolda oylar, haftalar oldin kelishiladi. Prezident Mirziyoev kecha kechroq (21 noyabr nazarda tutilmoqda. Tahririyat.) Fransiyaga etib borgan. Borishi bilan faqat bitta kattaroq uchrashuv o`tkazgan - biznes doiralari vakillari bilan. Asosiy uchrashuvlar tashrifning ikkinchi kuni, bugunga  (22 noyabr) belgilangan bo`lgan."

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар