Qozog`istonda 651 nafar o`zbekistonlik qamoq jazosini o`tamoqda

22.11.2022 12:31

Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari Svetlana Ortiqova Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma`lum qilgan.

Svetlana Ortiqovaga ko`ra, ikki davlat o`rtasida imzolangan shartnomalar asoslangan holda Qozog`iston jazoni o`tash hududlarida bo`lgan 651 nafar o`zbekistonlik vatanga olib kelinadi.

Tashqarida jazo muddatini o`tayotgan fuqarolar davlat byudjeti mablag`lari evaziga O`zbekistonga qaytariladi. Svetlana Ortiqova Qozog`iston jazoni o`tash hududlarida bo`lgan fuqarolarimizni qaytarish byudjet mablag`i evaziga bo`layotganini alohida minnat bilan ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respubikasi Konstitutsiyaasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko`rsatishni kafolatlaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар