Byudjetni o`marishda qaysi davlat tashkiloti etakchi? Shuncha faktlardan keyin endi bu borada qaysidir amaldorlar ham jazolanadimi?
Davlat byudjeti ochiq aytiladimi? Bu kabi savollar esa hozircha ochiq qolmoqda…
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 704,9 mlrd. so`mlik byudjet mablag`lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan.
Bundan ko`rinib turibdiki, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari to`g`ri tashkil etilmagan. Buning natijasida byudjet mablag`larini o`zlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan yildan-yilga oshib bormoqda.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida aytib o`tildi.
Shu sababli xalq vakillari tomonidan vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta ko`rib chiqish, xodimlarini o`qitish, ularning salohiyatini oshirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan o`z takliflarini bildirishdi.