29 bor Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan o`zbek polvoni

12.01.2021 03:48

Yoxud AQSh prezidenti va Buyuk Britaniya qirolichasi uchun tomosha qo`ygan Faxriddin Axnazarov haqida

Faxriddin Axnazarov Samarqand viloyati Paxtachi tumanining Forish qishlog`ida duradgor oilasida 11 farzandning sakkizinchisi bo`lib dunyoga kelgan. Tug`ilganda 6 kg. 200 gramm bo`lgan ekan. 12 yoshida akasi – «O`zbek yo`lbarsi» deb nom qozongan Bahrom Axnazarov izidan borib, sirk san`atiga qadam qo`ydi.

– Ginnes rekordlariga kirishim shunday boshlangan edi. Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bo`ylab gastrolga chiqqandik. Maykl (guruh rahbari) juda xavotirlandi. Chunki chiptalarimiz qimmat edi. Shunda men Mayklga bir taklif bildirdim: «Chiqishlarimizdan bir oy oldin reklamamiz uchun yo`lovchi samolyotni ma`lum masofagacha tortib boraman. Hali bu tryukni dunyoning hech bir polvoni bajargan emas. Gazetalar bu haqida yozadi va biz bepul reklama uyushtiramiz», – dedim. Maykl ishonib-ishonmay taklifimga rozi bo`ldi. Men shu tariqa Gonkongda birinchi rekordimni o`rnatdim.

«Rekordlarim ichida Arab amirliklarida ko`rsatgan tryukimdan o`zim ham faxrlanaman. O`shanda har biri 7 tonna keladigan AQSh harbiy yuk mashinalarini tishimda tortgan edim», – deydi Faxriddin Axnazarov Rossiyaning «Fakt» saytiga bergan intervyusida.

29 marta Ginnes rekordlariga kiritilgan Faxriddin qo`llarining kafti bilan taxtaga 100lab mixni qoqadi, tishida 150 kilogrammlik yukni bemalol ko`taradi, 16 yo`lovchisi bor avtomobilni bir qo`li bilan hech bir qiyinchiliksiz ma`lum masofagacha tortib bora oladi.

Bolalikdagi kumiri – Gollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri Arnold Shvarseneggerning Faxriddin Axnazarov chiqishlarini ko`rish uchun farzandlari bilan birga tomoshaga kelishi, shuningdek, AQShning 42- prezidenti Bill Klinton, Angliya qirolichasi Elizaveta II larning o`zbek polvoni shou-dasturiga tashrif buyurishi, «Oskar» taqdimotida chiqish qilgani, jahon kino san`ati namoyondasi Jeki Channing birga filmga tushish taklifini bildirishi...

Bu kabi muvaffaqiyatlar dong`i dunyoga taralgan polvonni aslo havolantirmagan. U hamon o`zini dunyo miqyosida tasavvurga sig`mas natijalarga erishgan muzaffar inson emas, farzandlari uchun jonkuyar ota, rafiqasi uchun vafodor umr yo`ldosh, uni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-onasining yuzini erga qaratmagan qobil farzand deb biladi.

Oilaning katta farzandi Baxrom Axnazarov bilan boshlangan polvonlar sulolasining sirk san`atidagi faoliyatini Qahramon, Ozod, Navro`z, Kamol, Mo`minjon, Shohrux, Ulug`bek Axnazarovlar davom ettirmoqda.

«XX asr Gerakli» – Faxriddin Axnazarovning zamondoshi, qishloqdoshi, va tengdoshi o`laroq bir paytlar bu oila tufayli butun bir tuman yoshlari og`ir atletika bilan shug`ullana boshlaganini va qishlog`imizdagi har bir xonadonda shu sport turiga oid sport anjomlari paydo bo`lganini chuqur bir iftixor bilan eslayman.

Har davrning o`z qahramoni, har davraning o`z lideri bor. O`zbek mumtoz sport turini jahon sirk arenasiga olib chiqib, millatlararo tanitgan, zamonaviy sirk shoulari bilan uyg`unlashtira olgan Axnazarovlar tom ma`noda millatimizning sharafidir.

Muhayyo PIRNAFASOVA

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
44
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.01.2021 10:46
Дарҳақиқат, биз бундай юртдошларимиз қолверса маҳалладошимиз билан фахрланимиз, Ўзбекистон поҳловонларининг довруғини дунёга ёйган Фахриддинга янги омадлар тилаймиз .
12.01.2021 12:54
Фахриддин менинг курсдошим зур бола....