Davlat boshqaruvida «oilaviy klanlar»dan voz kechish kerakmi? Savolga Sodiq Safoev javob berdi

16.11.2022 10:45

Sodiq Safoev siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikrini to`liq qo`llab-quvvatlashini bildirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari oilaviy klanlar boshqaruvidan voz kechishi kerak!

Toshkentda Markaziy Osiy ekspertlari forumi bo`lib o`tdi. Unda ekspert sifatida so`zga chiqqan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Markaziy Osiyo davlatlari haqida gapirarkan bu davlatlar hespublikachilik tuzumidan og`ishmasliklari lozimligini, boshqaruvda klanlar va oilaviy klanlashuvlardan qochish kerakligini ta`kidlab o`tgan. Rost24 muxbiri siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning mazkur tavsiyasiga Senator Sodiq Safoevdan munosabat so`radi. Senat raisining birinchi o`rinbosari Rabbimovning fikriga to`liq qo`shilishini bildirdi va notiqning fikrlarini quyidagicha izohladi.


«Siz aytayotgan notiqning fikri (Kamoliddin Rabbimov nazarda tutilmoqda. tahririyat) chuqur bir tahlil bo`ldi. Uning asosiy fikri shundan iborat bo`ldiki biz taraqqiyotni nima bilan bog`lashimiz kerak? Meni tushunishimcha u kishi siyosiy iqtisodiy modernizasiyani birinchi navbatda demokratik tamoyillarni singdirish, ochiq jamiyat, zamonaviy jamiyat barpo etish bilan bog`ladi. Va men buni to`liq qo`llab quvvatlayman»deydi senator Sodiq Safoev.
Shuningdek, Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida o`tgan Markaziy Osiyo ekspertlari forumida mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish g`oyalarini ilgari suruvchi Markaziy Osiyo ekspert-tahlilchilari tarmog`ini tuzish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Forum yakunida Markaziy Osiyo ekspertlari o`zaro hamkorlik uchun yagona platforma – Markaziy Osiyo ekspertlari alyansi tashkil etilishi kelishib olindi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.11.2022 17:25
Яхши тенденция, албатта фойдали булади. Факат эркин сиёсатчиларни мазкур ташкил этилаётган алянсга йигиб, кейинчалик шу ташкилот оркали уларни чеклашга уринишлар булмаса булгани,
16.11.2022 16:23
Яна 100 йилдан кейин хам бу савол муаммо булиб колса керак. Оилавий кланлар булган ва бундан кейин хам булади.