SO`ROVNOMA: Odamlar amaldorlar haqida qanday fikrda?

12.11.2022 12:27

Rahbarlikka ko`tarilish uchun «tanka» bo`lishi kerak"

«Hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo`q». Ushbu so`zlarni Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yilning 4 avgust kunidagi videoselektorda aytgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa hali kimningdir yuqori lavozimga ko`tarilganini yoki kimgadir 10-o`rinbosar tayinlangani haqidagi xabarlarni o`qiyapmiz. Davlat boshqaruv tizimlariga ishga joylashish uchun tashkil etilgan agentlikka hujjatlar topshirilyapti. Ammo ushbu tizim qanchalik o`zini oqlayapti. Xalq nazdida rahbarlikka ko`tarilish uchun nima qilish kerak?

Rost24.uz sayti jamoatchilik fikrini o`rgandi. Xalq nazdida rahbarlikka ko`tarilish uchun:

- Rahbarlardan tanish bo`lishi kerak;

- Puli bo`lishikerak;

- Qog`ozbozlikni yo`qotilsa yaxshi bo`lardi;

- Men aytolmayman aniq qamab qo`yishadi;

- Mas`uliyatli, bilimli bo`lish kerak;

- Xalqni orasiga kirish;

- Ishni quyi qatlamdan boshlashi lozim;

- Pul qistirish;

- Ishchini qadriga etishi kerakligini aytishdi.

Besh qo`l barobar emas deganlaridek, yaxshi ishlaydigan rahbarlar ham bor. Ularda ham biroz mas`uliyat hissi bo`lsa yomon bo`lmas edi. Rahbarlik yuqorida kursida o`tirish emas, xalqni o`ylash, muammolarini tinglay olish emasmi?

 Aholining fikricha, rahbarlikka ko`tarilganlarning ko`pchiligi xalqni o`ylamaydi va bu holatdan keyin ularning bilim, mashaqqat bilan rahbarlikka ko`tarilganiga kim kafolat bera olar ekan?

Batafsil videoda ko`ring:

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.11.2022 14:29
РАХБАРЛИККА КУТАРИЛИШ УЧУН, ОДАМ УЗИНИ ХАРОМ ХАРИШ ИШЛАРДАН,ЯЪНИ УГИРЛИКДАН, ХАЛКНИ ХАККИНИ УМАРИШДАН ТИЙИЛИШИ КЕРАК, ИЙМОНИНИ ЮТМАСЛИК КЕРАК, АВВАЛО АЛЛОХДАН, КЕЙИН БИРОВНИ ХАККИДАН КУРКИШИ КЕРАК, ХАРОМ АРАЛАШГАН ЖОЙДА БАРАКА БУЛМАЙДИ, ХАЛОЛЛИК БОР ЖОЙДА ХОТИРЖАМЛИК, ТИНЧЛИК, ГУЗАЛЛИК, БАРАКОТЛАР БУЛАДИ.ПРЕЗИДЕНТИМИЗГА ЁШ, ХАЛОЛ, ДЕХКОН ОИЛАСИДАН ЧИККАН,ОДДИЙ ОДАМЛАРНИНГ ФАРЗАНДЛАРИНИ УКИГАНИ БУЛСА УРИНБОСАР КИЛИБ,ЁРДАМЧИ КИЛИБ КУЙИШ КЕРАК, БИЗДА ЭСА ОТА ОНАСИ РАХБАР БУЛСА, ФАРЗАНДИ АКЛСИЗ УКИМАГАН БУЛСА ХАМ РАХБАР КИЛИБ КУЙИЛАДИ. ""ОГЗИ КИЙШИК БУЛСА ХАМ, РАХБАРНИ,ЯЪНИ БОЙНИ БОЛАСИ ГАПИРСИН"" ДЕЙИЛАДИКУ
14.11.2022 17:15
biz rozi emasmis amaldorlardan. Korrupsioner Mirziyoyevdan ayniqsa
12.11.2022 18:06
Одамлар амалдорлар ҳақида қандай фикрда? - Bilib turib so`raysizlar-a