Prezident: O`zbekistonning Turkiy davlatlar tashkiloti a`zolari bilan tovar aylanmasi qoniqarli emas

11.11.2022 11:30

Bugun, Samarqand yirik siyosiy uchrashuv va suhbatlarga mezbon bo`lmoqda. Ayni damda Turkiy davlatlar tashkilotining sessiyalari boshlanib ulgurgan unda Prezident Shavkat Mirziyoev ma`ruza qilmoqda. Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkilotida iqtisodiy masalalarning muhimligiga urg`u bermoqda. 

Xususan, Transkaspiy xalqaro koridori haqida u shunday degan.

«Biz Transkaspiy xalqaro koridori haqida ko`p gapiryapmiz, ammo sezilarli natijalarga erishish uchun ancha ishlar qilishimiz kerak. Misol uchun: O`zbekiston ushbu transport yo`lagi orqali 10 foiz tashqi savdo yuklarini tashimoqda», dedi Shavkat Mirziyoev.

Siyosiy tahlilchilar tashkilot ko`proq savdo bo`yicha hamkorlikni kuchaytirishini aytishmoqda.

Ammo, Mirziyoev Turkiy davlat tashkiloti davlatlari bilan o`zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdomizning atigi 4 foizini tashkil qilishini va bu qoniqarli emasligini aytgan.

Shuningdek, Prezident o`z nutqida a`zo davlatlar liderlariga Samarqand shahrini «Turkiy sivilizasiya poytaxti» deb e`lon qilish tashabbusini qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchiligini bildirgan.

Eslatma: O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raislik qilayotgan yig`ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni - Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag`dod Amreev ishtirok etmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар