Oʻzbekistondagi “Coca-Cola” korxonasi shubhali narxda, arzon sotilmoqda... “Sirli” xaridor oldindan aniq

11.01.2021 10:03

Sotishga ustasi-farang amaldorlarimizning g`ayri oddiy harakatlari

O`zbekistondagi alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU)ning 57,118 foizlik davlat ulushi sotuvga qo`yilganligi barchaga ma`lum.

Ushbu korxona O`zbekistonda 1-raqamli, jahonning 4 ta sifat sertifikatini qo`lga kiritgan yagona, barqaror ishlab chiqarishga ega zavod hisoblanadi. Birgina 2019 yildagi ishlab chiqarishini olsak, bozordagi ulushi qariyb 47 foizni tashkil etgan bo`lib bu eng yaqin raqobatchisidan 70 foizga ko`pdir. Kompaniya aynan shu yili 1 trillion 455 milliard so`m daromad qilgan. Bir yillik sof foyda esa, 270 milliard so`m. (DABA saytida 207 milliard so`m qilib ko`rsatilgan.)

Shu joyda haqli bir savol tug`iladi: barqaror ishlab chiqarish va katta daromadga ega O`zbekistondagi 1-raqamli zavodni sotish kimga kerak bo`lib qoldi?

SAVDODAGI ANGLAShILMOVChILIK, TUShUNARSIZLIK VA TAQIQLAR G`IRROMLIKNI ANGLATMAYDIMI?

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning davlat ulushini sotish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA)ga yuklatilgan.

Agentlik esa davr va islohotlarimiz talabi – ochiqlikka amal qilgan holda savdoni onlayn o`tkazmoqda. Talabgorlarning ro`yxatdan o`tishi ham onlayn qilingan.

Ammo aynan Koka-kola kompaniyasining savdosiga qo`yilgan talablar odamni cho`chitib qo`ymoqda. Uning shartlarini o`qish uchun qo`yilgan ShART ham g`ayri oddiy tuyulmoqda. Aniqrog`i, shartlar bilan tanishmoqchi bo`lgan o`quvchining zimmasiga bir qancha talab va shartlarni yuklaydigan qonunga zid talablar bayon etilgan. Oxirida esa shartlarga rozilik bildirish uchun imzo tariqasida “Yuqoridagi ma`lumotlarni o`qib chiqdim va rozilik bildiraman” tugmasini bosishingiz kerak bo`ladi. Aks holda kira olmaysiz.

Ushbu shartdan cho`chimay kirdingiz. Ammo savdoda qatnashish qoidalari ham odamni qo`rqitishni boshlaydi.

Qonuniy jihatdan olib qaraydigan bo`lsak, onlayn savdo qonun-qoidalari e`lon qilingan kundan boshlab buzilgan: DABA saytidagi Xususiylashtirish tartibining 2.8. bandida “Savdolar o`tkazilishi to`g`risidagi bildirishnoma veb-portalda savdolarni o`tkazishdan kamida o`ttiz kalendar kun oldin joylashtiriladi.” deyilgan. CCIUning davlat ulushi sotilishi to`g`risidagi e`lon esa 2020 yilning 16 dekabr kuni joylashtirilib, ro`yxatdan o`tish muddati 2020 yil 31 dekabr soat 18:00 gacha belgilangan.

E`londagi bayon qilingan “Qo`shimcha shartlar”da esa sotish bilan shug`ullanadigan tashkilot tomonidan tasavvurga sig`dirib bo`lmas shartlar qo`yilgan. O`zi esa hech qanday majburiyat olmasligini bayon qilib o`tgan. Bu shart va talablarni o`qigan odam hech qanday qonun va qonunosti hujjatlariga to`g`ri kelmasligini darhol anglaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarni saralash mezonlarining shartlarini qisman keltirib o`tamiz:

Bundan yaqqol ko`rinib turibdiki, g`olib xaridor oldindan aniq.

Endi shu joyda “sirli xaridor” kim bo`lishi mumkin degan haqli savol tug`iladi.

Yuqorida qo`yilayotgan talablarga qaraganda, Koka-kola kompaniyasining davlat ulushini birgina xaridor sotib olishi mumkin. Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasi I.Karimov vafotidan keyin «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning davlat ulushini sotib olish harakatiga tushgan edi. 2016-2017 yillarda Koka-kola kompaniyasini suniy bankrot qilish ishlari boshlangan. Va 2018 yilda sotishga tayyorlanayotganda to`xtatib qolingan edi.

Coca-Cola İçecek kompaniyasi esa O`zbekiston Koka-kola zavodini sotib olish niyatidan qaytmadi. 2020 yil 20 sentyabr kuni Moliya vazirligida Evropa Tiklanish va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo`lib o`tgan. Unda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QKga strategik investor jalb etish masalasi imkoniyatlari muhokama qilindi”. deya xabar beriladi Moliya vazirligining telegram kanalida. Bunga Evropa Tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) yordam berishi ham aytib o`tilgan.

29 oktyabr kuni Prezidentimizning "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish haqida"gi Farmoni chiqadi. Xususiylashtiriladigan davlat korxonalari ro`yxatida barqaror va katta daromad bilan ishlayotgan Koka-kola kompaniyasining nomi ham qo`shib qo`yilgan.

Keyingi jarayonlarga e`tibor qilsangiz, biz kutgan va xavotirga sabab bo`ladigan hodisa bo`ldi. O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov Xalqaro press-klubning 30 dekabr kungi sessiyasida «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd»dagi davlat ulushini sotib olish uchun 3 ta ariza kelib tushganini aytib o`tgan. Bittasi azaldan xaridor bo`lib kelgan Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasi. Qolgan ikkitasi hujjat uchun tirgak qilinganlar bo`lsa ajab emas. Bunday deyishimizga sabab, xaridorlar nomi o`ta maxfiy ravishda sir saqlanmoqda.

Eng xavotirlanarlisi shuki, J.Qo`chqorovning aytishicha, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJning 57,118 foiz davlat ulushining eng yuqori narxi 70 million AQSh dollari qilib ko`rsatilganidir.

Toshkent, Namangan, Xorazm viloyatlarida zavodlari va omborlariga ega, shuningdek Samarqandda qurilishi yankunlanayotgan zavodi ham mavjud, yillik sof foydasi 270 milliard so`m bo`lgan O`zbekistondagi 1-raqamli korxona bor-yo`g`i 70 million dollar baholanishida qandaydir sir bor emasmikin.

Misol uchun, Tojikistonda qurilgan birgina kichkina Koka-kola zavodining o`ziga 70 million AQSh dollari sarflangan.

Shu o`rinda Rossiya bilan gaz bo`yicha qilingan savdoda Prezidentimiz ham tilga olgan 80 million AQSh dollarlik “otkat” yodimizga tushaveradi.

Tenderda yutish ehtimoli katta bo`lgan Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasiga qisqacha to`xtaladigan bo`lsak, bu kompaniya The Coca-Cola Company (AQSh)ning Markaziy Osiyodagi dileri hisoblanadi. Ushbu kompaniya Markaziy Osiyoda 25 ta yaxna ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonasiga ega. U barcha xom-ashyoni va etiketkadan tortib qopqog`igacha (suvdan tashqari) Turkiyadan olib keladi. Bu esa hozirda O`zbekistondagi Koka-kola kompaniyasini xom-ashyo bilan taminlovchi o`nlab korxonalarimizning yopilishiga olib keladi. Shuningdek, amaldorlarimizning bu harkatlari – minglab mahalliy aholining ishsiz qolishiga “xizmat qilishi” mumkin.

Sh.XOLMUHAMMAD oʻgʻli

jurnalist

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
51
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.03.2021 16:05
Латтани иси келяпти
12.01.2021 19:49
Бунинг нима хайрон колдирадиган нарсаси бор экан? Биз буни кутган эдик, биз буни билган эдик!!!... деб хам белимизни махкам килиб куя коламиз АФСУС
12.01.2021 11:41
Мақола муаллифига ташаккур билдирмоқчиман, Амалдорларнинг қинғирликлари тўғрисида мақолалар, хабарлар чиқариб туришда аллоҳ сизга мададкор бўлсин. Сиздек жонкуярлар, ватанимиз келажаги учун қайғурадиганлар борлигидан хурсандман.
12.01.2021 11:35
Қандингни уууууур коррупционерлар!!! Қандингни ур!!! Давлатни сотишвор!!!
12.01.2021 00:52
Одамзод улганда, ер уни туйдиради
11.01.2021 20:35
Яна коррупция холати. Йуколсин муттахам угрилар.
11.01.2021 19:46
Soqqani qilmoqchi xoramilar. Enasini eshak siksin ularni. Eng sevimli ichimligim bo'lgan Coca Cola ga teginma naxxuy xoramilar
11.01.2021 19:46
Soqqani qilmoqchi xoramilar. Enasini eshak siksin ularni. Eng sevimli ichimligim bo'lgan Coca Cola ga teginma naxxuy xoramilar
11.01.2021 19:13
Хар бир ишни савол жавоби бор халк норози.