OAV amaldorlar uchun bir-biri bilan kurashadigan maydon bo`lib qoldi...(mi?)

07.11.2022 15:26

Bugungi jamiyat hukumatdan yaxshi xabarlar ham kutmoqda

  • Qiziq-a, bugun qaysidir OAVda Bosh vazirni tanqid tanqid qilinsa, ko`p o`tmay boshqa bir manba Adminstrasiya rahbarini "urib" chiqadi.  Zingil berib kuzatsangiz haqiqatchi akalarimiz yoki xabarchi manbalarimiz xuddi bir-biri bilan o`chakishayotgandek...
     

BESh DAQIQALIK ShAXSIY FIKR

Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan odam internetdagi "elitar kurash" ikki qutbli bo`lib borayotganini osongina anglaydi. Ya`ni bu mamlakat siyosiy a`yonlarining eng yuqori nuqtasi bilan bog`liq.

Uradigan to`qmoqlar ham, uni nashr etadigan manbalar ham aniq. Bular ikkiga bo`linadi: o`zimizning “qora ko`z” sayt va kanallar va qo`nimi tashqarida bo`lgan, ammo O`zbekiston haqida yozadigan boshqa-boshqa xabarchilik manbalari.

Nishonga olinadiganlar davlatning eng yuqori mulozimlari, Bosh vazir, Adminstrasiya rahbari va bularga dahl qiladigan, o`shalarning komandasi, deb o`ylanadigan siyosiy shaxslar. Uradiganlarni aytmasak ham bilasiz, ba`zi paytlarda anonim xabarlar chiqib qolmasa, qolgan paytlar o`zimizga otning qashqasiday tanish bo`lgan "haqiqatchi" akalarimiz.

Qiziqda, bugun Adminstrasiya rahbari tanqid qilinsa, ko`p o`tmay boshqa manba Bosh vazirni "urib" chiqadi. Zingil berib kuzatsangiz haqiqatchi akalarimiz yoki xabarchi manbalarimiz xuddi bir-biri bilan o`chakishayotgandek...

Aslida shunday bo`lishi kerakmi?

Bundan axborot tarqatayotganlar manfaatdormi yoki bu ishlarning ko`zdan pinhon jihatlariyam bormi? Ba`zan, mabodo bugungi axborot asrida mulozimlarimiz orasida pinhona axborot jangi boshlanmaganmi, degan o`ygayam borib qolasan kishi. "Haqiqatchi" uruvchilarni yollab o`zaro mahorabaga kirishib ketmadimikan, ishqilib degan o`y odamni qiynaydi. "Saroy o`yinlari" degan xodisa allaqachon klassik rutbaga erishgan bo`lsa-da, bu uning istiqbolli ish ekanligini ko`rsatmaydi. Bu ayni jamiyatga ziyon etkazadigan illat sifatida qolaveradi. Shunday ekan, bugungi o`tish davrida axborot kuchidan bunday obro`kushlik maqsadida foydalanish bizning-cha hech kimga foyda bermaydi. Keltiradigan zarari xalqqa, davlatga qimmatga tushadi.

Albatta, biz bu bilan mulozimlarimiz faqat bir-biriga fitna qilish bilan, bir-birovini obro`sizlantirish, jilmayib turib bir-biriga suv tagidan "torpedo" jo`natish bilan shug`ullanadi, o`rtada siyosiy kurash ketayotir va oqibatda, Prezident boshlagan tashabbuslar, islohotlar bir chetda qolib ketmoqda, demoqchi emasmiz. Biz shuni aytmoqchimizki, bugungi jamiyat hukumatdan yaxshi xabarlar kutmoqda. Biroq aslo dahanaki jangni emas. Shuning uchun birinchi navbatda, xalq uchun ishlash talab etiladi. Bu borada "urto`qmoq"akalarimizga esa insof tilaymiz. Qolaversa, bir burda xalol non bilan ham odam o`lmasdan ancha uzoq yashashi isbotlangan haqiqat ekanini ham eslatib qo`ymoqchimiz.

Abdulhakim Mullaboev

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.11.2022 15:31
Нобель мукофоти совриндори, Англиянинг 2-жаҳон уруши йиллиридаги бош вазири Уинстон Черчиль; Сиёсат фоҳишага ўхшайди, ким зўр бўлса ўшанинг айтганини қилади