"O`zsanoatqurilishbank"da jarayonlar soddalashtirilmoqda

03.11.2022 11:48

O`zsanoatqurilishbank tarmoqlararo va banklararo operasiyalarni yagona bank kodiga o`tkazish tizimini joriy etdi. Bunda mijozlar endi boshqa viloyatda ham bemalol o`z biznesini yuritish uchun bank kreditlaridan muammosiz foydalana oladi. Bu bilan mintaqaviy tarmoqlardagi mablag`lar taqchilligiga barham berildi.

Ayni vaqtda O`zsanoatqurilishbank tizimidagi Loyiha boshqaruvi ofisida tayyorlanmoqda.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, ofisning asosiy vazifasi bank strategik maqsadlari doirasida shakllantirilgan loyihalar portfelini boshqarishdan iborat. Bunda 30ga yaqin menejer xalqaro miqyosda keng ommalashgan metodlar asosida loyihalarning bir-biriga bog`liqligini o`rganadi, dolzarbligini aniqlaydi, metodologiyani qo`llashda nazorat-tahlil ishini yuritadi. 

Alohida qayd etish kerakki, ofis menejerlari ishlab chiqqan 40 ta loyihaning 18 tasi amaliyotga  tatbiq etildi, 13 tasi ishga tushish arafasida. “Zolotaya korona” pul o`tkazmasi orqali onlayn jo`natmalar, SWIFT operasiyalarini onlayn treking qiluvchi GPI tizimi, “Cashmanegment” asosida masofadan turib bankomatlarni monitoring qilish tizimi, “Joyda” mobil ilovasi va u bilan birgalikda elektron savdo maydonchasi (marketpleys) hamda bankning xizmat ko`rsatuvchi nuqtalarida o`ziga-o`zi xizmat ko`rsatuvchi “Tachskrin” panellari shular sirasidan.

Loyiha menejerlari tomonidan kredit konveyeri (kreditlash amaliyotlari bo`yicha jarayonlarni to`liq avtomatlashtirish) va “Joyda Pay” tizimlarini joriy qilish, “Joyda” mobil ilovasining yangi dizaynini yaratish, bankomatlar tarmog`ini 200 taga oshirish borasida olib borilayotgani  yangiliklar haqida ham ma`lumotlar berildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2022 00:35
чупчак