Selektor yig`ilishlaridagi kinoya va "Grin karta" o`ynovchi Putinsevarlar

04.11.2022 12:24

“Putinning Rossiyada qo`llayotgan axboriy siyosati O`zbekiston uchun begona emas”, deydi jurnalist Ibrat Safo Rossiya matbuotidagi targ`ibotlar haqida gapirar ekan.

Rost24.uz muxbiri BBC jurnalisti Ibrat Safo bilan suhbat uyushtirdi. 

Jurnalist suhbatda O`zbekistondagi axborot erkinligi, siyosat va amaldorlar haqidagi shaxsiy fikrlari bilan bo`lishdi. G`arb jurnalistlari O`zbekistondagi eyforiya davri o`tgani va endilikdagi islohotlar depsinib qolayotganini aytadi. 

Xorij jurnalistlarini ko`zbo`yamachiliklar bilan aldash imkonsiz. Ular O`zbekiston haqida maqola tayyorlar ekan, darhol matbuot erkinligi darajasiga ko`z yugurtiradi, – deydi jurnalist. – Hukumat qanchalar iqtisodiy yirik loyihalar haqida va`da bermasin, agar oddiy odamlar turmush tarzi o`nglanmas ekan iqtisodning rivojlanganining hech kim foydasi yo`q. 

"O`zbekistonda amaldorlar hamon xalqdan ajralib qolgan". BBC teleradiokanali jurnalisti fikri shunday.

Bugungi O`zbekiston odamlarining kayfiyati qanday, nega buyuk kelajak kutayotgan yoshlar faqat “surish” haqida orzu qiladi, O`zbekiston amaldorlar davlatimi? Shu kabi savollarga Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan xalqaro jurnalistning javoblari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

VIDEO
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2022 06:56
Assalomu alaykum Xurmatli aziz jurnalist opamiz Anora Sodiqova!!! Sizning har bir maqolangizni o'qib fikrlab boramiz. Siz va siz kabi jafokash jurnalistlarimiz borini ochiqchasiga konkret dangal maqolalar yozib, uchrashuvlar o'tkazib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan boshlab berilgan davlat va jamiyatda jurnalistlarga ko'rsatilayotgan ochiqlik siyosatiga mardonovor tarzda labbay deya old safida turib davlat va jamiyatimiz rivojlanishi yo'lida har bir maqolalaringiz bilan xizmat qilmoqdasiz. Mardonovor ishingizda siz va siz kabi xalqchil jurnalistlarimizga omadlar tilaymiz!!! Yana shu narsa muhimki bizning shunday ayniqsa jonkuyar sevimli xalqchil jurnalistlarimiz xavfsizligi ya'ni ayrim haqiqatni ko'rolmaydigan amaldorlar tomonidan bo'lishi mumkin bo"lgan jinoiy holatlarni ya'ni jurnalistlarga taziyq bosim o'tkazishlarini oldini olish, jurnalistning xavfsizligini ta'minlash Jurnalistlar Uyushmasi, Bosh prokratura, IIV amaliy profilaktik ishlar, suhbatlar, kerak bo'lsa, deputatlarimiz temir qonunlar ishlab chiqilishini taklif etamiz.
04.11.2022 19:25
Рахмат сизга хак гап булди хокимларяхши ишлашса президентимизни барча берган топширикларини вактида бажариб халкни алдашмаса ойликлар кутарилса топган пуллари оила эхтиежларига етиб турса корупсия батомом йуколмаса хам кисман камаяди журналистларни борига шукур агар иложи булса телфон номерингизни колдиринг сизлар халкка куп керак буласизлар