O`tmishdan xulosa qilgan To`qaev qarindoshlarini amalga yaqinlashtirmoqchi emas

03.11.2022 13:52

Qozog`iston prezidentining yaqin qarindoshlariga davlat idoralarida rahbar bo`lish taqiqlanmoqda. Bu qaysi lavozimlar?

Qozog`iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarbaevning oila a`zolarini rahbarlik lavozimlarini egallagani, keyingi vaqtlardagi  sud jarayonlarida esa ular tomonidan milliardlab mablag`larni o`marilgani yuzaga chiqqani va alaloqibat mamlakatda bu oilaga nisbatan nafrat katta namoyishlarga turtki berganidan xulosa chiqargan Qosim-Jo`mart To`qaev o`z saylovoldi kampaniyasi ibtidosida qarindoshlarini rahbariyatga yaqinlashtirmaslikni va`da qilayotgandi. Uning bu va`dasi tez orada amalga oshadigan ko`rinadi.   

Qozog`iston parlamenti prezident vakolatlarini qisqartiruvchi tuzatishlarni qabul qildi.

Jumladan, davlat rahbarining parlament yuqori palatasini shakllantirishdagi ishtiroki qisqartirilib, uning mahalliy vakillik va ijroiya organlariga ta`siri cheklandi.

Bundan tashqari, davlat rahbarining prezidentlik davrida siyosiy partiyalarga a`zo bo`lishi taqiqlandi.

Mamlakat Adliya vaziri Kanat Musin prezidentning qarindoshlari qanday lavozimlarda ishlay olmasligi, shuningdek, rasmiy hujjatlarda kimlar qarindoshi sifatida tan olinishini ma`lum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz

Musin Qozog`iston Markaziy kommunikasiyalar xizmati brifingida  qonunga ko`ra kimlar yaqin qarindoshlar deb tasniflanadi va Prezidentning yaqin qarindoshlari qanday lavozimlarni egallashi mumkin emasligi masalasiga batafsil to`xtalib o`tdi.

«Qonunda ota-onalar, bolalar, farzand  sifatida asrab olganlar, farzandlikka olinganlar, aka-uka va opa-singillar, bobo, buvi, nabiralar yaqin qarindoshlar sifatida tasniflangan. Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlarida shuningdek, qaynona-kelinlar, qaynota kuyovlar ya`ni turmush o`rtoqlarning yaqin qarindoshlari uchun ham cheklovlar belgilab qo`yilgan». - dedi vazir.

Uning ta`kidlashicha, Prezident qarori bilan siyosiy va ma`muriy davlat xizmatchilari lavozimlari reestri belgilangan bo`lib, ular tarkibiga vazirlar, ularning o`rinbosarlari, hokimlar, davlat organlari rahbarlari va boshqalar kiradi.

«Shunday qilib, qonunchilik darajasida tegishli taqiqlar o`rnatilgandan so`ng, masalan, Prezidentning ukasi, opa-singlisi, farzandlari «Samruk-Kazina» yoki «Bayterek» kabi milliy kompaniyalarda rahbarlik lavozimini egallamaydi, - dedi Musin.

Unga ko`ra, bunday lavozimlar qatoriga ma`lum darajadagi diplomatik lavozimlar ham kiritiladi.

Jurnalistlar hozirda Qozog`istonning Bolgariyadagi elchisi bo`lib ishlayotgan Tokaevning qarindoshi lavozimidan chetlashtiriladimi yoki yo`qmi, ochiq manbalarga ko`ra, Tokaevning singlisiga turmushga chiqqan Temirtay Izbastinga ishora qilib, aniqlik kiritishdi.

«Bunday taqiq kiritilishi bilan, albatta, hamma narsa qonunga moslashtiriladi. Bu lavozimni egallashiga qonun yo`l qo`ymagani uchun bo`shatadi», - deb javob berdi Musin.

Eslatib o`tamiz, Qosim-Jomart Tokaev mart oyida Qozog`iston xalqiga Murojaatnomasida Prezidentning eng yaqin qarindoshlari siyosiy, davlat xizmatchisi va davlatga tegishli korxonalarda rahbar lavozimlarini egallashi qonun bilan taqiqlanishini ma`lum qilgan edi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2022 00:37
барака топсин ТУКАЕВ бизларда чи
03.11.2022 21:00
Ахмоқ одам ўз хатоларидан хулоса қилади, ақлли-ўзгаларнинг