Davlat amaldori Xayriddin Sultonovning yaqin hamrohi senator va xalq shoiri Maxmud Toir haqida byudjet mablag`lari hisobidan hujjatli film sur`atga olinadi.
Bu haqida Kinomatografiya agentligi xabar bermoqda. Biroq xabarda film byudjeti haqida ma`lumot ko`rsatilmagan.
Senator Mahmud Toir va spichrayter Xayriddin Sultonovlarning yaqin do`stligi jamoatchilik orasida ko`p bora tilga olinadi. Ayniqsa, adabiy jamoatchilik tomonidan O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida uzoq yillar Davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan X.Sultonov o`z safdoshlarini unvonu lavozimlar bilan doimo siylab kelgani aytiladi. Ijodkor shoir va yozuvchilar unvoni masalalari yillar davomida ana shu mulozim aralashuvi bilan hal qilingan. Jumladan, adabiyotda unchalik taniqli bo`lmagan, adabiyotshunos va tanqidchilar hech nazarga ilmaydigan shoir va yozuvchilarga yuksak unvonlarning berilishi ham o`sha davrlarga to`g`ri keladi. Bunday darajadagi inom aynan parkentlik shoir Mahmud Toirga ham xuddi shu davrlarda nasib qilgan. Bu borada Rost24.uz yaqin kunlarda surishtiruvlari asosida batafsil tahliliy-tanqidiy maqola rejalashtirgan.
Hozir esa boshqa mavzu…
Mahmud Toir xalq shoiri bo`lishi bilan birga davlat amaldori hamdir. Shunday ekan, byudjet puli evaziga senator shoir haqida film olinishida manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilmaganmi?
"Davlat tili to`g`risida"gi Qonunning taqdiri hamon ochiqligicha qolmoqda. Ayni damda hujjatli film qaxramonligiga davo qilingan senator Maxmud Toirning mazkur masalada jo`shqin chiqishlari va tortishuvlariga ko`zga tashlanayotgani yo`q. "Davlat tili to`g`risida"gi Qonunning «g`oyib bo`lishiga» befarq bo`lmasligi shart bo`lgan adabiyotga dahldor shoir Mahmud Toir va Farmon Toshev kabi senatorlar esa bu borada shu vaqtgacha o`z siyosiy pozisiyalarini bildirgan emaslar. Ammo, Davlat tili, xalq manfaatlari himoyasi yuzasidan keskin chiqish qilmagan senator haqida byudjetdan mablag` sarflab film ishlanmoqda.
Shuningdek, qatag`on yillari haqida batafsil risolalar chop etib kelayotgan yozuvchi Nabijon Boqiy ayni damda arxiv hujjatlarini olish uchun mablag` muammoligini aytgan. Hozircha, yozuvchiga biron davlat tashkiloti yoki uyushma moliyaviy yordam bergan emas.
Kelajak avlodga shahid bo`lgan vatanparvarlarimiz ijodi meros qoladimi yoki jiddiy majlislarda maddohona she`rlar va`z qilgan Xalq shoirlari biografiyasi o`rnak bo`lib qolishi kerakmi?
Mazkur yo`nalishda yuqorida maslahat berish vakolati kimning qo`lida qolmoqda? So`nggi 30 yil ichida Xayriddin Sultonov soyasi ostida bo`lgan tarmoqqa hali ham oftob tushmagandek.
Yo`qsa, Rauf Parfi, “Qatlnoma” muallifi kabi ijodkorlari chetda qolib, amaldor senator haqida film olinishini qanday tushunish mumkin.