O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, 2011 yilda mamlakatimizda 637 ta gazeta nashr qilingan bo`lsa 2021 yilning 1 yanvariga qadar ularning soni 366 taga kamaydi. O`tgan bir yilda esa yana qator nashrlarning yopilgani haqida xabarlar eshitdik. Bu bugungi jamiyatda gazetachilikka bo`lgan munosabatning bir belgisidir. Gazetaning minglab nusxada chiqishiga qancha mablag`, qanchadan-qancha qog`oz va albatta mehnat resurslari sarflanadi. Internet tarmog`ida davlat byudjettidan pul ajratiladigan va rasmiy nashrlikka da`vo qilayotgan gazetalarni mevalarni o`ralgan suratlari tez-tez tarqalib turadi. Hatto oxirgi 6-7 yildagi avlod gazeta nimaligini bilmay ulg`aymoqda. Ko`pchilik insonlardan «Bugungi matbuot eski gazetalarning obro`si bilan yashamoqda» degan fikrlarni ham eshitamiz. Nega bugungi gazetalar avvalgidek qo`lma - qo`l bo`lib o`qilmayapti? Nima uchun odamlar gazeta o`qimayapti?
Rost24.uz ushbu mavzu yuzasidan kichik so`rovnoma o`tkazdi.
So`rovnoma davomida ko`plab yurtdoshlarimizdan hamda bevosita matbuotga aloqasi bor insonlarning ham fikri olindi. Shu yo`nalishda ishlayotgan va gazeta o`qishini aytganlar oxirgi o`qigan maqolalarini eslay olmagan bo`lsalar, aholi gazeta o`qimasligini, bunga sabab qilib:
- yolg`on yozadi
- oldi-qochdi gaplar bo`lib ketgan
-bachkanalik ko`paygan
-dunyoqarashi tor
-zerikarli
-avvalgi gazetalar yaxshi edi
-tahliliy-tanqidiy maqolalar kam
-hamma ma`lumot internetda bor
-vaqtim yo`q kabi fikrlarni bildirdi.
Yurtdoshlarimiz orasida gazeta o`qiydigan insonlar ham gazetani kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib o`qishini aytdi.
Batafsil videoda ko`ring: