SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi

26.10.2022 16:23

Reklama

O`zsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo`lgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.

Kreditlar qaysi turizm yo`nalishlariga ajratiladi?

  • Mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
  • milliy hunarmandchilik mahsulotlari do`koni;
  • umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
  • bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
  • turistik ko`ngilochar maskanlar;
  • aviakassa, turoperator va turagent xizmati.

 

Loyihalar qanday mezonlar asosida saralanadi?

  • Loyiha joylashuvidagi hududning ixtisoslashuvi;
  • transport qatnovi mavjudligi;
  • hududdagi raqobat darajasi;
  • tarixiy obidalarning mavjudligi.

 

Kredit shartlari

Milliy valyutada:

  • Kredit maksimal miqdori: 5 mlrd. so`mgacha;
  • Kredit muddati: 5 yilgacha;
  • Imtiyozli davr: 12 oygacha;
  • Kredit foizi: yillik 22,5 foizdan (hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan qoplab beriladi).
  • Boshqa shartlar: loyihada mijozning o`z ulushi kamida 30 foiz bo`lishi lozim.

 

Xorijiy valyutada:

  • Kreditning maksimal miqdori: 750 ming AQSh dollarigacha;
  • kredit muddati: 5 yilgacha;
  • imtiyozli davr: 12 oygacha;
  • kredit foizi: yillik 11 foizdan;
  • boshqa shartlar: loyihada mijozning o`z ulushi kamida 30 foiz bo`lishi lozim.

 

Savollar uchun: 712004343; 1180

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар