Turkiston shahidlari nomi bizga kerak emasmi? «O`zarxiv» tarixiy hujjatlarni qachongacha maxfiylikda saqlaydi?

26.10.2022 10:24

30 yil davomida O`zbek milliyotchiligini uyg`otish uchun deyarli besamar harakatlar bo`ldi. Vatanparvarlik ruhini uyg`otish uchun o`tkazilgan tadbirlar quruq tashviqotlarga aylanib qoldi. Haqiqiy tarix «Biz kimmiz?», «Bizning ozodligimiz uchun qanday kurashlar bo`lgan?», «Kim bizning ozodlik uchun kurashgan?», «Shahidlarimiz kim edi?», degan savollarga javob to`laligicha hujjatlar tili bilan ochiqlanmadi.

Turkiston xonlik va amirliklarida qanchalar beshafqat urushlar kechgani haqidagi hujjatlar arxiv tashkilotlarida chang bosib qolib ketdi. Uni o`rganuvchilarga nisbatan ma`lum to`siqlar, moliyaviy talablarning borligi bugun ba`zi yozuvchilarimiz tomonidan ochiqlanmoqda. Shahidlarni o`rganuvchilar oldidagi to`siqlar esa shahidlar kimligini ham bilmaydigan, Turkiston millatparvarlarini eslamaydigan avlodni tarbiyalamoqda. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida «O`zarxiv» tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida mazkur muammolarni saytimiz muxbiri o`rtaga tashladi.

Rost24.uz muxbiri «O`zarxiv» mutasaddilariga arxiv, tarixiy ma`lumotlar bilan shug`ullanuvchi olim hamda yozuvchilarga rus bosqinchiligiga oid ma`lumotlar nima uchun berilmayotgani sababini surishtirdi. Hamda tarixiy hujjatlar sir saqlanishida davom etsa haqiqiy tarix qachon yoziladi?», deya agentlik rahbariyatiga yuzlandi.

«O`zarxiv» agentligi direktori Ulug`bek Yusupov «Yaqinda Rost24.uz internet saytida e`lon qilingan maqolani misol qilib, maqolada ko`tarilgan masalaga quyidagicha izoh berdi. «To`g`ri shu kunga qadar ko`pgina hujjatlarimiz nafaqat yaqin tarixga balki,1917 yilgacha bo`lgan hujjatlarimiz ham bizda yopiq edi. Lekin 2019 yildagi qaror qabul qilingandan keyin aynan mana shu hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish bo`yicha vazifa belgilangandi. Biz bu vazifani amalga oshirishni boshlaganmiz, faqat bu jarayon ko`p vaqtni talab etadi. Hozir biz 3 ta bosqichda hujjatlarni raqamlashtirib ularni maxfiylikdan chiqardik. O`tgan yili ham ba`zi hujjatlar maxfiylikdan chiqarilib, ochiq fondga o`tkazilgan», dedi U. Yusupov.

Tadbirda agentlik rahbariyatidan «O`zarxiv» ayrim tarixiy hujjatlarni taqdim etgani uchun yozuvchilarga hammuallif bo`lish talabini qo`ygani haqidagi ma`lumotga ham oydinlik kiritilishi so`raldi. Agentlik vakili ushbu ma`lumotni rad etdi.

«Nabijon Boqiyni e`lon qilingan postlaridan keyin o`zlari bilan ko`rishdik. Ular bepul olishni istayotganlari uchun biz hamkorlik ya`ni loyiha sifatida olib chiqishni taklif qilganmiz. Bu erda «O`zarxiv» agentligi hech qanday mualliflikni da`vo qilolmaydi. Chunki mualliflik to`g`risidagi qonunda ham mualliflik sotilmasligi qayd etilgan. Faqat huquqi sotilishi mumkin. Buni biz sotib olish va unga da`vogar bo`lish niyatida ham emasmiz. Yozuvchimizga ham takliflarni aytdik, ular bir taklifni qabul qildilar. Lekin bir narsani aytish kerak arxivlarda hujjatlar bilan ishlash, ulardan foydalanish bepul, ya`ni xohlagan fuqaro xoh tadqiqotchi bo`ladimi, xoh talaba bo`ladimi ilmiy yo`nalishda faoliyat yuritayotgan bo`ladimi arxivdagi o`quv zallarimizga kelib ishlashlari bepul», deya javob berdi agentlik direktori Ulug`bek Yusupov.

Tarixiy hujjatlarni taqdim etish uchun «O`zarxiv» agentligi 50 million so`mdan ortiq mablag` talab qilinganini da`vo qilgan Nabijon Boqiy ayni damda «O`zarxiv» bu hujjatlar uchun 25 million so`m to`layotganini ma`lum qilgan. Shuningdek, u agentlik hujjatlarni taqdim etgani uchun asarga hammualliflik qilishni so`raganlarini bildirgan edi.

Eslatib o`tamiz, mazkur mavzu yuzasidan saytimizda «Taniqli adib Sardor Umrzoqovdan maxfiy hujjatlarni ochiqlashni so`ramoqda» nomli maqola e`lon qilingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.11.2022 01:16
2455
28.10.2022 13:16
Мен тадкикотчи, талаба еки журналист эмасман. Лекин оддий фукаро,адабиет ишкибози сифатда 19000-1930 йилларда чоп этилган газета - журналларни (хужжатлар, статистка маълумотларини эмас!) ўқиб ўша давр тўгрисида ўзимда тасаввур ҳосил қилишни хохлардим. Тарихчи мутахассислар ана шу маълумотларни кўпайтириб,хеч булмаса укув залларида (факат пойтахтда эмас, вилоятлардаги кутубхоналарда хам) укувчиларга тақдим этсалар максадга мувофиқ буларди
26.10.2022 16:31
Yaloqxo'rlar.